2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuviga bag`ishlangan o`yinoldi matbuot anjumani 6 mart kuni O`FF anjumanlar zalida bo`lib o`tadi.
11:00da «Bunyodkor» bosh murabbiyi va futbolchisi jurnalistlarning savollariga javob bersa, 11:30da «Lokomotiv» vakillari ishtirokida anjuman o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi 7 mart, juma kuni «Jar» stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.