7 mart, juma kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasida 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo`lib o`tadi.
2013 yilgi O`zbekiston chempioni va Kubogi sohibi («Bunyodkor») va vitse-chempioni («Lokomotiv») o`rtasidagi o`yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ermatovga qanotlarda o`zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorov yordam beradi. Toshkentlik Aziz Asimov to`rtinchi hakam sifatida belgilangan.
O`zbekiston Superkubogi
7 mart, juma. 15:00. «Jar»
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent).
Yon qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Bahodir Qo`chqorov (Qirg`iziston).
To`rtinchi hakam: Aziz Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent).