«Lokomotiv» – O`zbekiston Superkubogi-2014 nominal mezboni

28.02.2014

«Lokomotiv» – O`zbekiston Superkubogi-2014 nominal mezboni

2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi mezbonini aniqlash bo`yicha qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Qur`a natijasiga ko`ra, «Lokomotiv» O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi nominal mezboniga aylandi.

Shunday qilib, 7 mart, juma kuni «Jar» stadionida O`zbekiston Superkubogi uchun «Lokomotiv» – «Bunyodkor» o`yini bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

Uchrashuvda «Lokomotiv» futbolchilari qizil, «Bunyodkor» futbolchilari oq libosda harakat qiladi. O`yinda qo`shimcha vaqtlar bo`lmaydi, asosiy vaqtda durang natija qayd etilsa, g`olibni aniqlash uchun darhol penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib