Futbol klublari matbuot kotiblari O`zPFL seminarida ishtirok etishadi

24.02.2014

Futbol klublari matbuot kotiblari O`zPFL seminarida ishtirok etishadi

O`FF Ijroiya Qo`mitasi qarori bilan tasdiqlangan O`zPFLning 2014-2018 yillarga mo`ljallangan rivojlanish dasturi asosida 26 fevral kuni Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida Oliy va Birinchi liga futbol klublari matbuot kotiblari uchun xalqaro o`quv seminari bo`lib o`tadi.

Bir kunlik nazariy va amaliy mashg`ulotlarni o`z ichiga olgan o`quv seminarini Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Media departamenti boshlig`i Chetan Kulkarni olib boradi.

Mashg`ulotlarda o`yindan avval, o`yin vaqtida va o`yindan keyin OAV bilan ishlash, o`yin o`tkaziladigan joyda OAV bilan ishlash uchun zaruriy infratuzilmani tashkil etish (matbuot anjumani, mikst-zona va hakazo), shuningdek, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar to`g`risida bilim va ko`nikmalar beriladi.

Seminar muloqot tarzida tashkil etiladi va unda ishtirok etadigan Oliy va Birinchi liga klublari vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan OFK vakiliga, shuningdek, O`zPFL mutaxassislariga murojaat qilishlari mumkin bo`ladi.

Ushbu seminar Oliy liga va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarning matbuot bilan ishlash borasidagi bilim va ko`nikmalarini oshirib, O`zbekistonda professional futbol targ`ibotini rivojlantirish va futbol klublarining muxlislar orasidagi obro`-e`tiborini oshirishga yordam beradi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib