26-27 fevral kunlari Toshkentdagi Miran International mehmonxonasida OFK klublarni litsenziyalash bo`yicha Oliy Liga klublari uchun seminar o`tkaziladi.
26 fevral kuni ochiladigan seminarda Oliy Liga klublari mas`ullariga hujjatlarni rasmiylashtirish, infrazutilma bo`yicha talablar, moliyaviy masalalarni yuritish, marketing yo`nalishi bo`yicha ko`nikmalar beriladi, ishtirokchilarning savollariga javob beriladi.
Mashg`ulotlarni OFK vakillari Mahajan Vasudevan Nair (Hindiston), Ong Chong Heng (Malayziya), shuningdek, O`zPFLning litsenziyalash bo`yicha menejeri Aleksey Frolov, marketing bo`limi boshlig`i Alisher Mo`minov olib boradi.
27 fevral kuni esa O`zPFLning litsenziyalash qoidalari yuzasidan, O`zPFL rahbariyati va OFK vakillari ishtirokida, maslahatlashuvlar bo`ladi. Seminar o`z ishini shu kuni yakunlaydi.