21 fevral kuni 2014 yilgi O`zbekiston Kubogi bahslariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Bu yilgi musobaqa quyidagi tartibda o`tadi:
Birinchi bosqich – saralash. Joriy yilning mart oyida Birinchi Liga jamoalari orasidan 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan klublarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Raqiblar O`zPFLning mintaqaviy tamoyiliga asosan tanlanadi. Bosqich bitta o`yindan iborat bo`ladi. Musobaqa jadvali (setkasi) bo`yicha yuqoriroq turgan jamoa «maydon egasi»ga aylanadi.
Ikkinchi bosqich. 1/16 final. Unda saralash bosqichida g`olib chiqqan Birinchi Liga jamoalari va Oliy Liga klublari ishtirok etadi hamda ular, qur`a asosida, musobaqa jadvali (setkasi)dagi 1Vdan to 12Vgacha bo`lgan raqamlarga bo`lib chiqiladi. Ayni vaqtda, 2013 yilgi O`zbekiston Chempionati bahslarida mos ravishda 3- va 4-o`rinni egallagan «Nasaf» va «Paxtakor» jamoalari faqat 6V va 7V raqamlari uchun qur`ada qatnashadi.
2013 yilgi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» va 2013 yilgi O`zbekiston vitse-chempioni «Lokomotiv» jamoalari 2014 yilgi O`zbekiston Kubogidagi ishtiroklarini chorak final bosqichidan boshlaydi. V nomerini qo`lga kiritgan «Bunyodkor» musobaqa setkasining quyi qismidan joy olgan bo`lsa, «Lokomotiv» yuqoridan o`rin egalladi.
Ikkinchi bosqich o`yinlari bir o`yindan iborat bo`ladi va musobaqa jadvali (setkasi) bo`yicha yuqoriroq turgan jamoa, ya`ni, Birinchi Liga jamoalari maydonida o`tkaziladi.
Agar birinchi va ikkinchi bosqich uchrashuvlari asosiy vaqti durang natija bilan yakuniga etsa, qo`shimcha vaqt belgilanadi (15 daqiqadan ikki taym). Asosiy va qo`shimcha vaqtlar orasidagi tanaffus 5 (besh) daqiqadan oshib ketmasligi kerak. Agar qo`shimcha vaqt ham durang natija bilan tugasa, g`olib FIFA nizomiga asosan penaltilar seriyasida aniqlanadi.
O`zbekiston Kubogi bahslari 30 mart kuni saralash bosqichi o`yinlari bilan start oladi, 19-20 aprel kunlari 1/16 final bosqichi o`yinlari bo`lib o`tadi. Musobaqaning saralash va 1/16 final bosqichidagi uchrashuv g`oliblari bir o`yin natijasiga ko`ra, nimchorak, chorak va yarim final bosqichidagi raqiblar esa ikki o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi.
Qayd etish joiz, saralash bosqichida hozircha «Sho`rtan»ning raqibi yo`q va agar raqib oxirigacha ham bo`lmasa, G`uzor klubi saralash bosqichidagi o`yinsiz 1/16 final yo`llanmasini qo`lga kiritadi.
O`zbekiston Kubogi-2014
Saralash bosqichi
30 mart, yakshanba
«Zomin» (Zomin) – «Guliston» (Guliston)
«Chust-Paxtakor» (Chust) – «Lokomotiv-BFK» (Toshkent)
«Xotira-79» (Uychi) – «Kosonsoy» (Kosonsoy)
«Oqtepa» (Toshkent) – «NBU-Osiyo» (Toshkent)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Uz Dong Ju» (Andijon)
«Xorazm» (Urganch) – «Orol» (Nukus)
«Bunyodkor-2» (Toshkent) – «Obod» (Toshkent)
«Sherdor» (Samarqand) – «G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol)
????? - «Sho`rtan» (G`uzor)
«Paxtakor-2» (Toshkent) – «Istiqlol» (Toshkent)
«Mash`al-2» (Muborak) – «G`ijduvon» (G`ijduvon)
«Alanga» (Koson) – «Spartak» (Buxoro)
1/16 final
19-20 aprel, shanba-yakshanba
«Zomin» (Zomin) / «Guliston» (Guliston) – «Dinamo» (Samarqand)
«Chust-Paxtakor» (Chust) / «Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod)
«Xotira-79» (Uychi) / «Kosonsoy» (Kosonsoy) – «Buxoro» (Buxoro)
«Oqtepa» (Toshkent) / «NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) / «Uz Dong Ju» (Andijon) – «Neftchi» (Farg`ona)
«Xorazm» (Urganch) / «Orol» (Nukus) – «Paxtakor» (Toshkent)
«Bunyodkor-2» (Toshkent) / «Obod» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
«Sherdor» (Samarqand) / «G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) – «Andijon» (Andijon)
?????? / «Sho`rtan» (G`uzor) – «Navbahor» (Namangan)
«Paxtakor-2» (Toshkent) / «Istiqlol» (Toshkent) - «So`g`diyona» (Jizzax)
«Mash`al-2» (Muborak) / «G`ijduvon» (G`ijduvon) – «Qizilqum» (Zarafshon)
«Alanga» (Koson) / «Spartak» (Buxoro) - «Olmaliq» (Olmaliq)