PFL Kubogi-2014 chorak finali doirasidagi «paxtakorchilar»ning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etgan «Obod» – «Paxtakor-2» uchrashuvida «paxtakorchilar» tarkibida tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan o`yinchi maydonga tushgani uchun «Paxtakor-2» PFKga texnik mag`lubiyat yozildi.
PFL Kubogi musobaqasi to`g`risidagi Nizom (3-bo`lim, 3.8-band)ni, shuningdek, O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.27-band)ni buzgani uchun «Paxtakor-2»ga texnik mag`lubiyat (-:+), «Obod» PFKga esa texnik g`alaba (+:-) yozildi.
Ushbu uchrashuvdagi gollar bekor qilindi, ogohlantirishlar esa o`z kuchida qoldi.
Shunday qilib, «Obod» PFL Kubogi-2014 yarim finalida o`ynaydigan bo`ldi, unga «Qo`qon-1912» jamoasi raqiblik qiladi. Ikkinchi yarim final bahsida «Mash`al» va «Olmaliq» jamoalari o`zaro kuch sinashadi.