Olmaliqdagi yangi stadion ochilishi 15 mart kuni bo`lib o`tadi

17.02.2014

Olmaliqdagi yangi stadion ochilishi 15 mart kuni bo`lib o`tadi

Oliy Liga-2014 1-turidan o`rin olgan uchrashuvlar tartibida o`zgarish yuz berdi.

Oliy Liga-2014 1-tur doirasida 15 mart, shanba kuni Bekobod shahrida o`tkazilishi kerak bo`lgan «Metallurg» (Bekobod) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvi Olmaliq shahriga ko`chirildi.

Shu kuni Olmaliq shahrida yangi qurib bitkazilgan stadion ochilishi bo`lib o`tadi va unda «Olmaliq» – «Metallurg» uchrashuvi yangi stadionda o`tkazilgan ilk rasmiy uchrashuvga aylanadi.

Oliy Liga-2014 1-turidan, shuningdek, quyidagi uchrashuvlar o`rin olgan:

Oliy Liga, 1-tur uchrashuvlari
15 mart (shanba)

1. «Buxoro» (Buxoro) – «Neftchi» (Farg`ona)
2. «Navbahor» (Namangan) – «Lokomotiv» (Toshkent)
3. «Nasaf» (Qarshi) – «Dinamo» (Samarqand)
4. «Metallurg» (Bekobod) – «Olmaliq» (Olmaliq)
5. «So`g`diyona» (Jizzax) – «Mash`al» (Muborak)
6. «Bunyodkor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon)
7. «Andijon» (Andijon) – «Paxtakor» (Toshkent) 

cola
apex
mib
mib
mib
mib