«Mash`al» va «Qo`qon-1912» jamoalari PFL Kubogi-2014ning ilk yarim finalchilariga aylandi.
Muborakliklar «Dinamo»dan kuchliroq chiqdi. Ushbu ikki jamoa o`rtasidagi o`yinda hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida «Mash`al» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi – 4:3.
«Qo`qon-1912» «NBU-Osiyo»ga qarshi o`yinning boshidayoq o`z darvozasidan gol o`tkazib yuborishi mumkin edi, biroq Zayniddin Tojiev 12-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Uchrashuv yakunlanishiga 17 daqiqa qolganida esa qo`qonliklar yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib, g`alabani ilib ketishdi.
PFL Kubogi-2014, chorak final
17 fevral, dushanba
«NBU-Osiyo» - «Qo`qon-1912» - 0:1. 44 tomoshabin.
Hakamlar: V. Agishev, A. Usmonov, S. Shoyusupov, A. Ergashev
Nazoratchi: G. Imomov.
Gol: X. Uzoqboev (73).
12-daqiqada Z. Tojiev («NBU-Osiyo») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: D. Saidov (37), F. Kenjaev (90+2) – A. Kritinin (12), L. Safaev (18), D. Mamatov (90), O. Yo`ldoshev (90+1).
«Dinamo» - «Mash`al» - 0:0, penalti bo`yicha – 3:4. 72 tomoshabin.
Hakamlar: V. Serazetdinov, T. Gaynulin, A. Tsapenko, A. Rubakov
Nazoratchi: A. Klepikov.
Ogohlantirishlar: F. Shotursunov (25), I. Mamatkazin (38), A. Samatov (38), A. Melnichuk (87) – K. Bahodirov (33), D. Vaniev (40), G`. Komilov (55).