2014 yilgi PFL Kubogi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. 11 fevral kuni 16 jamoa ishtirok etayotgan musobaqaning «S» va «D» guruhlarida 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Dastlabki tasdiqlangan taqvim bo`yicha O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tkazilishi kerak bo`lgan «S» guruhi uchrashuvlari, ob-havo sharoiti noqulayligi sabab, «Bunyodkor» akademiyasi va «Obod» stadionlariga ko`chirilgan edi.
«Bunyodkor» akademiyasi maydonida o`tkazilgan «Bunyodkor» – «Chust-Paxtakor» uchrashuvida yosh «bunyodkorchilar» raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi – Temur Ayupov (dubl), Sardorbek Azimov (dubl) va Vladislav Nuriev tomonidan kiritilgan gollar evaziga «Bunyodkor» hozircha musobaqadagi eng yirik g`alabaga erishdi – 5:0.
«Obod» stadionida bo`lib o`tgan «Olmaliq» – «Obod» uchrashuvida esa kutilmagan natija qayd etildi. Oliy Liga vakili – «Olmaliq»ni amalda o`z maydonida qabul qilgan Birinchi Liganing yangi vakili – «Obod» uchrashuvda 2:1 hisobida g`alaba qozondi va «S» guruhi peshqadamlaridan biriga aylanib oldi.
O`yinlari Respublika sport mahorati futbol maktabining «Chig`atoy» maydonida o`tkazilayotgan «D» guruhi doirasidagi 1-tur uchrashuvlarida g`oliblar aniqlanmadi. «Navbahor» – «Sho`rtan» uchrashuvida hisob ochilmagan bo`lsa, «Lokomotiv» – «Paxtakor-2» uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
12 fevral kuni musobaqa 2-tur uchrashuvlari start oladi. Musobaqa o`yinlari boshlanish vaqti va joyida o`zgarishlar kutilayotgani yo`q.
«S» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
11 fevral, seshanba
«Bunyodkor» - «Chust-Paxtakor» - 5:0. 128 tomoshabin.
Hakamlar: D. Jalimov, A. Alimov, X. Otamuratov, I. Garmashov.
Nazoratchi: A. Tambovtsev.
Gollar: T. Ayupov (11, 17, penalti), S. Azimov (28, 39), V. Nuriev (77).
Ogohlantirishlar: Sh. Abdurahmonov (85) – X. Yusupov (10).
«Olmaliq» - «Obod» - 1:2. 61 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rubakov, A. Kalinin, F. Norsafarov, A. Ergashev.
Nazoratchi: D. Roman.
Gollar: D. Turopov (35) – Sh. Jamilov (6, s penalti), Z. Mirsaidov (89).
85-daqiqada D. Hasanov («Obod») penaltidan foydalan olmadi.
Ogohlantirishlar: T. Kagirov (5), S. Jo`raev (47), D. Turopov (63) – K. Tojiboev (30), U. Matmusaev (45), G. Umirov (49).
Chetlatishlar: T. Kagirov (ikkinchi ogohlantirish, 87) – F. Miryunusov (51).
«D» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
11 fevral, seshanba
«Navbahor» - «Sho`rtan» - 0:0. 137 tomoshabin.
Hakamlar: A. Mo`minov, D. Sarsenov, B. Kannazarov, N. Qosimov
Nazoratchi: G`. Karimov.
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (68), R. Hasanov (71), B. To`raboev (78) – J. Otaqulov (3), A. Boboev (47).
Chetlatish: J. Otaqulov (ikkinchi ogohlantirish, 81).
«Lokomotiv» - «Paxtakor-2» - 1:1. 167 tomoshabin.
Hakamlar: Elyor Tursunov, Eldor Tursunov, X. Zulunov, I. Ibrohimov.
Nazoratchi: O. Rubakov.
Gollar: S. Ahmadaliev (83) – M. Norturdiev (75).
Ogohlantirishlar: I. Rahimov (24), N. Normatov (51), K. Ro`ziev (51), A. Po`latov (60), S. Proxorov (70), I. Aliboev (78) – O. Erkinov (38), F. To`xtanazarov (53), N. Yuldashev (60), D. Muhammadjonov (76), I. Siddiqjonov (90).
Chetlatish: N. Normatov (ikkinchi ogohlantirish, 60).