10 fevral, dushanba kuni an`anaviy PFL Kubogi musobaqaning 2014 yilgi bahslari start oldi. Jami 16 jamoa ishtirok etayotgan musobaqaning «A» va «V» guruhlarida 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
«A» guruhidagi o`yinlarni «NBU-Osiyo» va «Paxtakor-2» o`rtasidagi o`yin ochib berdi. O`FF sun`iy qoplamali maydonida bo`lib o`tgan o`yinda tarkibini Yuriy Tsoy, Leonid Koshelev, Aleksey Nikolaev, Abdumajid Toirov va Zayniddin Tojiev kabi futbolchilar bilan kuchaytirgan «NBU-Osiyo» futbolchilari yosh «paxtakorchilar»ni 2:1 hisobida mag`lub etishdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvi ham, reja bo`yicha, O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tkazilishi kerak edi, biroq ob-havo sharoiti noqulayligi sabab, «Obod» stadioniga ko`chirildi. Unda Oliy Liga-2014 debyutantlari – «Andijon» va «Mash`al» o`zaro bahs olib borishdi. O`yin 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi g`olibi – «Mash`al»ning 2:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi.
«V» guruhida birinchi bo`lib «Dinamo» futbolchilari «Qo`qon-1912»ga qarshi maydonga chiqishdi. Samarqandliklar ustunligi ostida o`tgan o`yin «Qo`qon-1912»ning 0:3 hisobidagi mag`lubiyati bilan yakuniga etdi. «Dinamo»ga g`alaba keltirgan gollar San`at Shixov, G`ulom O`runov va Shahboz Erkinov hisobiga yozili. «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo`lib o`tgan guruhning ikkinchi o`yinida «So`g`diyona» futbolchilari «Bunyodkor-2»ni 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi.
«A» va «V» guruhlaridagi navbatdagi tur o`yinlari 12 fevral, chorshanba kuni o`tkaziladi. Shu kuni «NBU-Osiyo» «Mash`al» bilan, «Paxtakor» «Andijon» bilan, «Qo`qon-1912» «Bunyodkor-2» bilan va «Dinamo» «So`g`diyona» bilan bahs olib boradi.
11 fevral kuni PFL Kubogining «S» va «D» guruhlarida birinchi tur o`yinlari bo`lib o`tadi. «S» guruhidagi uchrashuvlarning boshlanish vaqti va joyiga o`zgartirish kiritilgan.
PFL Kubogi-2014
«A» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
10 fevral, dushanba
«Paxtakor» – «NBU-Osiyo» 1:2
«Andijon» – «Mash`al» 1:2
«V» guruhi, 1-tur uchrashuvlari
10 fevral, dushanba
«Dinamo» – «Qo`qon-1912» 3:0
«So`g`diyona» – «Bunyodkor-2» 3:1