10 fevral kuni an`anaviy PFL Kubogining 2014 yilgi bahslari start oldi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli, «A» va «V» guruhidagi 1-tur uchrashuvlarining ba`zilarining boshlanish vaqti joyi o`zgargani haqida avval xabar berilgan edi.
11 fevral kuni musobaqaning «S» va «D» guruhlarida 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Ob-havo sharoiti noqulayligi, jamoa vakillari va hakamlar o`zaro maslahatlashgan holda, «S» guruhidagi 1-tur uchrashuvlari jadvaliga o`zgartirish kiritildi.
«S» guruhi doirasida 11 fevral, seshanba kuni O`FF sun`iy qoplamali maydonida 11:00da boshlanishi kerak bo`lgan «Bunyodkor» – «Chust-Paxtakor» uchrashuvi boshlanish vaqti 13:30ga ko`chirildi va o`yin «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o`tkaziladi. 13:30da O`FF sun`iy qoplamali maydonida boshlanishi kerak bo`lgan «Olmaliq» – «Obod» uchrashuvi 13:30da «Obod» stadionida boshlanadi.
«D» guruhi o`yinlari o`yinlari jadvaliga o`zgartirish kiritilgani yo`q. Guruh o`yinlari, avval rejalashtirilganidek, RSMFM («Chig`atoy») maydonida o`tkaziladi.
PFL Kubogi-2014
«S» guruhi, 1-tur
11 fevral, seshanba
13:30. «Bunyodkor» – «Chust-Paxtakor» («Bunyodkor» akademiyasi)
13:30. «Olmaliq» – «Obod» («Obod»)
«D» guruhi, 1-tur
11 fevral, seshanba
11:00. «Navbahor» – «Sho`rtan» («Chig`atoy»)
13:30. «Lokomotiv» – «Paxtakor-2» («Chig`atoy»)