Ob-havo sharoiti noqulayligi sabab, PFL Kubogi 1-tur uchrashuvlari boshlanish vaqti va joylari o`zgarildi.
Jumladan, «A» guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida 10 fevral, dushanba kuni 13:00da O`FF sun`iy qoplamali maydonida o`tishi kerak bo`lgan o`yin «Andijon» – «Mash`al» uchrashuvi 15:00ga ko`chirilgan va «Obod» stadionida bo`lib o`tadi.
«V» guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida 10 fevral, dushanba kui soat 13:30da «Chig`atoy»da boshlanishi kerak bo`lgan «So`g`diyona» – «Bunyodkor-2» uchrashuvi 14:00da «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, 10 fevral kuni PFL Kubogi musobaqalari start oldi. 20 fevralga qadar davom etadigan musobaqada 16 jamoa ishtirok etmoqda.
Boshlanish vaqti va joyi o`zgargan uchrashuvlar
«A» guruhi, 1-tur
10 fevral, dushanba
15:00. «Andijon» – «Mash`al» («Obod» stadioni).
«V» guruhi, 1-tur
10 fevral, dushanba
14:00. «So`g`diyona» – «Bunyodkor-2» («Bunyodkor» akademiyasi).