«Olmaliq» futbol jamoasi 29 yanvardan yangi yig`in boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa yig`in doirasida 30 yanvar kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. O`yin 2:0 hisobida olmaliqliklar g`alabasi bilan yakuniga etdi. O`yindagi gollar Zohir Pirimov va Sharif Mirzaev hisobiga yozildi.
«O`yinda betobligi sabab Darko Stanoevich va Azamat Isroilov ishtirok etmadi. Qadamboy Nurmetov, Gay Yusupov, Aleksandr Lupashko, Nikita Shkvirin, Abror Karimov va Jamoliddin Qo`chqorov mashg`ulot o`tish bilan cheklandi. Shuningdek, Abdumalik Toshpo`latov va Diyor Usmonxo`jaev jarohat sabab jamoa bilan birga emas», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Xabar berishlaricha, 29 yanvardan boshlangan bu yig`in arafasida Marat Qudratov va Sarvar Otaboevga javob berilgan. O`tgan mavsum birinchi liga vakili "Istiqlol" safida to`p surgan yarim himoyachi Jamoliddin Qo`chqorov esa ko`rikdan o`tmoqda.