O`zbekiston Oliy Ligasi jahonda 69-o`rinda

29.01.2014

O`zbekiston Oliy Ligasi jahonda 69-o`rinda

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) milliy chempionatlarning 2013 yilgi reytingini e`lon qildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Oliy Ligasi jahonda 69-o`rinda qayd etilgan. Tashkilot mutaxassislari hisob-kitobiga ko`ra, Oliy Liga 229,50 ochko ishlab topgan. Oliy Liga 2012 yilgi nisbatan 15 o`rin quyiga tushgan.

MDH, Gruziya va Boltiqbo`yi mamlakatlari orasida O`zbekiston Oliy Ligasi 9-o`rinda bormoqda. Undan oldingi o`rinlarni, mos ravishda, Rossiya, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya, Estoniya, Belarus, Litva egallagan. Kuchli o`nlikdan, shuningdek, Qozog`iston ham o`rin olgan.

O`zbekiston Oliy Ligasi Osiyo mamlakatlari orasida ham 9-o`rinni band etib turibdi. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Xitoy, Eron, Kuvayt, Tailand, Qatar ligalari O`zbekiston chempionatidan kuchliroq deb topilgan bo`lsa, BAA milliy chempionati O`zbekistondan keyingi o`rinni egallagan.

Umumiy reytingda esa 1 ming 155 ball bilan Ispaniya Primerosi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o`rinlarni Angliya Premer-ligasi va Germaniya Bundesligasi egallagan.

Reytingning to`liq ko`rinishi bilan IFFHS saytida tanishish mumkin.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib