Hakamlar va nazoratchilarning kurslarini OAV vakillari kuzatib borishlari mumkin

20.01.2014

Hakamlar va nazoratchilarning kurslarini OAV vakillari kuzatib borishlari mumkin

20 yanvardan O`FF hakamlari va nazoratchilari malakasini oshirish bo`yicha qishki kurslar start oladi. Dastlab, 20-22 yanvar kunlari nazoratchilar malakasini oshirish bo`yicha kurslar o`tkaziladi.

Jumladan, birinchi kun o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob va imtihonlar o`tkazilsa, ikkinchi kun nazoratchi raportini to`ldirish metodikasi bo`lib o`tadi, uchinchi kuni esa aynan shu metodika bo`yicha imtihon va FIFAning «O`yin qoidalari» bo`yicha videomateriali namoyish etiladi.

Hakamlarning birinchi kurslari 27 yanvar kuni boshlanadi. Hakamlar «Yoshlik» stadionida ro`yxatdan olinganidan so`ng, FIFA normativlari bo`yicha test olinadi, shuningdek, «O`yin qoidalari» bo`yicha imtihonlar o`tkaziladi.

Shuningdek, o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob o`tkaziladi va shu yo`nalishdagi FIFA videomateriali namoyish etiladi. Ikkinchi kunda hakamlar amaliy mashg`ulotlar o`tkazishadi, shuningdek, o`yinlarni ilmiy-metodik tahlil qilishadi. Uchinchi-beshinchi kunlarda ham shunday mashg`ulotlar o`tkaziladi.

Hakamlar kurslarining keyingi bosqichlari tartibi ham shunday ko`rinishda bo`ladi. Hakamlarning mashg`ulotlarini OAV vakillari ham kuzatib borishlari mumkin.

1-bosqich: 20-22 yanvar (nazoratchilar malakasini oshirish bo`yicha kurslar)
2-bosqich: 27-31 yanvar (hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
3-bosqich: 3-7 fevral (hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
4-bosqich: 10-14 fevral (hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
5-bosqich: 17-21 fevral (hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini) 

cola
apex
mib
mib
mib
mib