Oliy va Birinchi Liga, futbol bo`yicha O`zbekiston Kubogi hamda boshqa musobaqalar uchun hakam va nazoratchilarni malakasini oshirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik, hakamlar va nazoratchilar uchun o`yin qoidalari bo`yicha attestatsiyadan o`tish haqida O`FF prezidenti buyrug`i e`lon qilindi.
Unga ko`ra, 2014 yilgi mavsum Oliy va Birinchi Liga, shuningdek O`zbekiston Kubogi hamda boshqa musobaqalardagi hakamlik saviyasi va sifatini oshirish maqsadida 20 yanvar - 22 fevral kunlari futbol qoidalari va jismoniy tayyorgarlik bo`yicha attestatsiya jarayoni tashkil etiladi.
Futbol murabbiylari va hakamlari Respublika maktabida hamda O`FF hakamlar va nazoratchilar qo`mitasi bilan birgalikda 2014 yilgi musobaqalar uchun hakam va nazoratchilarni attestatsiyadan o`tkazish va ular uchun o`quv-mashg`ulot yig`inlarini tashkil etish maqsadida besh bosqichdan iborat modul ishlab chiqildi.
1-Bosqich: 20-22 yanvar (Nazoratchilar malakasini oshirish bo`yicha kurslar)
2-Bosqich: 27-31 yanvar (Hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
3-Bosqich: 3-7 fevral (Hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
4-Bosqich: 10-14 fevral (Hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)
5-Bosqich: 17-21 fevral (Hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot yig`ini)