«Bunyodkor» va «Lokomotiv» O`zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushadi

24.12.2013

«Bunyodkor» va «Lokomotiv» O`zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushadi

2014 yilda O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o`tkaziladi. Bu haqda O`zPFL bosh direktori Farhod Magametov 24 dekabr kuni bo`lib o`tgan majlisda ma`lum qildi.

2014 yil 7 mart kuni 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o`tkaziladi. Unda O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» va O`zbekiston vitse-chempioni «Lokomotiv» o`zaro maydonga tushadi.

Superkubok uchun bahslarda mamlakat chempioni va Kubok sohibi o`zaro maydonga tushadi. Agar ikkala musobaqada ham bir jamoa g`olib chiqsa, u holda chempion Superkubok uchun Oliy Ligada 2-o`rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

«Bunyodkor» 2013 yilgi Oliy Liga bahslarida ham, O`zbekiston Kubogida ham g`olib chiqqani munosabati bilan, 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvda «Bunyodkor» «Lokomotiv»ga qarshi bahs olib boradi.

2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi o`tkaziladigan stadion O`zPFL tomonidan belgilanadi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib