«Paxtakor» Xarkovning «Metallist»i bilan o`ynaydi

18.12.2013

«Paxtakor» Xarkovning «Metallist»i bilan o`ynaydi

Toshkentning «Paxtakor» klubi mavsumoldi yig`inlari rejasi tasdiqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki yig`in Toshkent va Qibrayda yangi yil bayramigacha davom etadi. 4 yanvar kuni 2 haftalik mashg`ulotlarni o`tkazish uchun Sharjaga jo`nab ketiladi.

U erda 4 nazorat o`yinida maydonga tushish rejalashtirilgan. Raqiblardan birining nomi ma`lum, Xarkovning «Metallist» klubi bilan bellashuv 17 yanvar kuni bo`lib o`tadi.

Keyin yana Qibrayda 7 fevralgacha shug`ullanadigan «Paxtakor», 7 fevral kuni Turkiyaning Belek shaharchasiga yo`l olishadi. Belekdagi yig`in 21 fevralga qadar davom etadi. Turkiyada ham 4 raqib bilan nazorat bahslari o`tkazish mo`ljallanmoqda.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib