OChL-2014ga qur`a tashlandi

10.12.2013

OChL-2014ga qur`a tashlandi

2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga qur`a tashlandi. Qur`a tashlash marosimi 10 dekabr, seshanba kuni OFKning Kuala-Lumpurdagi qarorgohida bo`lib o`tdi.

OChL-2014da O`zbekistondan uchta jamoa ishtirok etadi. Ulardan ikkitasi – 2013 yilgi O`zbekiston vitse-chempioni «Lokomotiv» va Oliy Liga 3-o`rin egasi «Nasaf» musobaqalarni 2-saralash bosqichida boshlaydi. 8 fevral kuni qashqadaryolik futbolchilar safarda Qatarning «Al-Jaish» jamoasiga qarshi to`p sursa, «Lokomotiv» Toshkentda 1-saralash bosqichidagi «Al-Qodisiya» (Kuvayt) – «Ash-Shorta» (Iroq») juftligi g`olibini qabul qiladi.

Agar O`zbekiston klublari 2-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o`tishsa, 3-saralash bosqichidagi o`yinlarni 15 fevral kuni safarda o`tkazishadi. Jumladan, «Lokomotiv» guruh bosqichi yo`llanmasi uchun «Laxviya» (Qatar) – «Shabob al-Urdun» (Iordaniya) / «Al-Hidd» (Bahrayn) juftligi g`olibiga qarshi to`p sursa, «Nasaf» «Baniyas» (BAA) – «As-Suvayq» (Ummon) / «Al-Qodisiya» (Kuvayt) juftligida g`olib chiqqan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Qur`a natijasiga ko`ra, 2013 yilgi O`zbekiston chempioni va Kubogi sohibi «Bunyodkor» OChL-2014 «V» guruhida Saudiya Arabistonining «Al-Fath», Eronning «Fulad» va «Nasaf» o`rin olgan pley-off setkasi g`olibiga qarshi to`p suradi. OFK kiritgan istisnoga ko`ra, agar «Nasaf» guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritadigan bo`lsa, bir guruhda bir mamlakatdan ikki jamoa bo`lib qolishini oldini olish maqsadida, Qarshi jamoasi «A» guruhiga ko`chiriladi, «A» guruhidagi Qatar vakili – «Ar-Rayyan» esa «V» guruhiga ko`chib, «Bunyodkor» raqibiga aylanadi.

Agar «Nasaf» guruh bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritsa, «A» guruhida Eronning «Istiqlol», BAAning «Al-Jazira» va Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» jamoasiga qarshi to`p suradi. «Lokomotiv» esa, agar saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o`tsa, «S» guruhida BAAning «Al-Ayn», Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» va Eronning «Traktorsozi» jamoalariga qarshi to`p suradi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib