Zarafshonning «Qizilqum» jamoasida 18 dekabrga qadar ta`til e`lon qilingan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Qizilqum» bosh direktori Hamid Aktamovning ma`lum qilishicha, reja bo`yicha, ilk mavsumoldi yig`ini Navoiy shahrida tashkil etiladi. 2013 yilning ikkinchi yarmida jamoaga ijara asosida qo`shilgan aksariyat futbolchilar o`z klubiga qaytib ketgan. «Muxlislaryangi mavsumda butkul yangilangan «Qizilqum»ning o`yinlariga guvohi bo`lishadi», - deydi direktor.
«Yuriy Sarkisyanning Navoiyga kelishi haqidagi gap-so`zlar quruq mish-mishlardan boshqa narsa emas. Kelgusi mavsumda ham Yuriy Lukin bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi», - deydi Aktamov.