Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Klub rasmiy sayti 2 dekabr kuni tarqatgan xabarga ko`ra, «Bunyodkor» himoyachisi Anvar G`ofurov va yarim himoyachisi Jasur Hasanov «Lokomotiv»ga o`tgan.
Avvalroq, «Bunyodkor»ning boshqa bir futbolchisi – Lutfulla To`raev ham «Lokomotiv» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.