«Bunyodkor» 150 million so`m bilan mukofotlandi

29.11.2013

«Bunyodkor» 150 million so`m bilan mukofotlandi

2013 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarida g`oliblikni qo`lga kiritgan Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi O`zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan 150 million so`m mukofot puli bilan taqdirlandi.

2013 yilgi mavsum arafasida, O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalar 2013 yilgi Reglamentiga O`zbekiston Chempionati g`olibi va Kubok sohibini pul mukofot bilan taqdirlash to`g`risidagi bandlar kiritilgan edi.

Shunga asosan, Reglamentning 14.1-moddasiga muvofiq, O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgani uchun 100 million so`m, Reglamentning 14.6-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Kubogi bahslarida g`olib chiqqani uchun 50 million so`m miqdoridagi mukofot puli «Bunyodkor» futbol klubiga topshirildi.

Eslatib o`tamiz, 2013 yilning 25 sentyabr kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Kubogi finalida «Bunyodkor» futbolchilari Qarshining «Nasaf» jamoasini mag`lubiyatga uchratgan, 8 noyabr kuni yakuniga etgan Oliy Liga-2013 bahslarida, so`nggi turga qadar izma-iz ta`qib etib borgan «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalarini ortda qoldirib, o`z tarixida beshinchi marta O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgan edi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib