«Bunyodkor», «Lokomotiv» va «Nasaf» OChL-2014da o`ynaydi

26.11.2013

«Bunyodkor», «Lokomotiv» va «Nasaf» OChL-2014da o`ynaydi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo`mitasi Osiyo Chempionlar ligasining 2014 yilgi mavsumi uchun kvotalarni tasdiqladi. Unga ko`ra, O`zbekistondan uchta jamoa OChL-2014 yo`llanmasiga ega bo`ldi.

26 noyabr, seshanba kuni OFK Ijroiya qo`mitasi Osiyo Chempionlar ligasining kelasi mavsumlari uchun bir qator qarorlarni e`lon qildi. Unga ko`ra, keyingi uch yil davomida musobaqa finali uy-safar tizimida tashkil etiladi. Bundan tashqari, musobaqa yarim finaliga qadar OChL ishtirokchilari o`z mintaqalari (Sharq va G`arb) doirasidagi raqiblarga qarshi to`p surishadi.

Qo`mita, shuningdek, 2014 yilgi mavsum uchun Osiyo Chempionlar ligasi uchun kvotalar sonini ham belgiladi. Unga ko`ra, O`zbekistonga 1+2 (bir jamoa («Bunyodkor») bevosita guruh bosqichidan, yana ikki jamoa («Lokomotiv» va «Nasaf») esa saralash bosqichlaridan musobaqaga qo`shiladi) ko`rinishida kvota ajratildi. Qayd etish joiz, 2013 yilgi mavsumda O`zbekiston jamoalari («Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv») OChLda 2+1 kvotasi bilan ishtirok etgan edi.

2014 yilgi OChL bahslarida Sharqiy mintaqada Singapur, Gongkong, Vetnam, G`arbiy mintaqada esa Hindiston, Iordaniya, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kuvayt klublari ham ishtirok etishadi. OChLdagi barcha ishtirokchilar uchun ajratilgan kvotalar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

ShARQ
Yaponiya – 4;
Janubiy Koreya – 4;
Xitoy – 3+1;
Avstraliya – 2+1;
Tailand – 1+2;
Singapur – 0+1;
Gongkong – 0+1;
Vetnam – 0+1.

G`ARB
Eron – 4;
Saudiya Arabistoni – 4;
BAA – 3+1;
Qatar – 2+2;
O`zbekiston – 1+2;
Hindiston – 0+1 (Hindiston klubi Sharqiy zonada o`ynaydi);
Iordaniya – 0+1;
Ummon – 0+1;
Bahrayn – 0+1;
Iroq – 0+1;
Kuvayt – 0+1.

OChL-2014ga qur`a tashlash marosimi 10 dekabr, seshanba kuni bo`lib o`tadi

cola
apex
mib
mib
mib
mib