«Andijon» 15 dekabrda ta`tildan qaytadi

22.11.2013

«Andijon» 15 dekabrda ta`tildan qaytadi

O`zbekiston Birinchiligi-2013da muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oliy Liga yo`llanmasini qo`lga kiritgan «Andijon» 14 noyabr kuni ta`tilga chiqqan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, klub 15 dekabr kuni ta`tildan qaytadi. Dastlabki yig`in Andijonda o`tkaziladi va unda asosiy e`tibor futbolchilarning tiklanish jarayoniga qaratiladi.

2013 yilgi mavsumda «Paxtakor» (Sergey Smorodin, Andrey Sidorov, Akmal Tursunboev), «Bunyodkor» (Akram Komilov) va «Neftchi» (Sardor Soibov)dan ijaraga olingan futbolchilar o`z klubiga qaytgan. Boshqa futbolchilar jamoani tark etgani yo`q. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib