Qarshida Oliy va Birinchi Liga klublari futbol maktablari o`rtasida O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bo`lib o`tdi.
1999-2000 yillarda tug`ilgan futbolchilar o`rtasidagi musobaqada «Bunyodkor» g`olib chiqdi, ikkinchi o`rinni «Paxtakor», uchinchi o`rinni esa «Metallurg» egalladi.
1997-1998 yillarda tug`ilgan futbolchilar o`rtasidagi musobaqalarda «Nasaf» futbolchilari g`oliblikni qo`lga kiritgan bo`lsa, «Bunyodkor» ikkinchi, «Paxtakor» esa uchinchi o`rinni egalladi.