Shuhrat Muhammadiev «Mash`al»ga qaytdi

18.11.2013

Shuhrat Muhammadiev «Mash`al»ga qaytdi

2013 yilgi mavsumni ijara asosida Qarshining «Nasaf» jamoasi tarkibida o`tkazgan yarim himoyachi Shuhrat Muhammadiev «Mash`al»ga qaytdi. Bu haqda 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi g`olibi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, futbolchining «Mash`al» bilan amaldagi shartnomasi 1 dekabr kuni yakuniga etadi, biroq klub rahbariyati u bilan ikki yillik yangi shartnoma tuzgan.

Klub rasmiy saytida qo`shimcha qilinishicha, jamoaning O`zbekiston Birinchiligidagi muvaffaqiyati bo`yicha taqdirlash marosimi 26 dekabr kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib