O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov 2013 yilgi O`zbekiston chempionati sovrindorlarini muvaffaqiyat bilan tabrikladi.
14 jamoa ishtirok etgan 2013 yilgi O`zbekiston chempionati bahslari 8 noyabr, juma kuni yakuniga etdi. Musobaqa g`olibi nomi aynan so`nggi turdi ma`lum bo`ldi – Jizzaxda «So`g`diyona» mehmoni bo`lgan «Bunyodkor» ishonchli g`alabaga erishib, o`zining eng yaqin ta`qibchisi – Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini bir ochkoga ortda qoldirdi va o`z tarixida beshinchi marta O`zbekiston chempioni unvonini qo`lga kiritdi. Qayd etish joiz, Mirjalol Qosimov shogirdlari 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi bahslarida ham g`olib chiqishgan edi.
«Umid qilamanki, «Bunyodkor» futbol klubi oldingi intilishda davom etadi va 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida yaxshi ishtirok etib, O`zbekiston sharafini munosib himoya qiladi», - dedi Mirabror Usmonov «Bunyodkor» klubiga yo`llagan tabrigida.
2011 yili O`zbekiston Birinchiligi g`olib chiqib, Oliy Liga yo`llanmasini qo`lga kiritgan «Lokomotiv» 2012 yilgi mavsum yakuniga ko`ra, o`z tarixida ilk bor, bronza medallarni qo`lga kiritgan edi. Jamoa 2013 yili chempionlik uchun so`nggi turga qadar faol kurash olib bordi va yakunda, o`tgan yil bilan taqqoslaganda, sifat o`sishiga o`rishib, kumush medallar egasiga aylandi.
Mirabror Usmonov «Lokomotiv» jamoasiga yo`llagan tabriknomasida jamoaning «yutuqlar pillapoyasida bugungidek, yuqoriga ildam ko`tarilishda davom etishiga» umid bildirib, uning 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida O`zbekiston sharafini ishonch bilan munosib himoya qilishida omad tiladi.
Qarshining «Nasaf» jamoasi yakuniga etgan mavsumni ko`tarinki kayfiyatda o`tkazdi. Jamoa so`nggi turga qadar chempionlik poygasida ishtirok etdi, ketma-ket uchinchi mavum O`zbekiston Kubogi finalida o`ynadi. «Umid qilamanki, «Nasaf» jamoasi 2014 yilgi mavsumda Oliy Liga chempionligi uchun yanada keskin kurash olib boradi va Qashqadaryo viloyati ishqibozlarini nihoyat oltin medallar va chempionlik unvoni bilan xursand qiladi», - deyiladi Usmonov tabrigida.