Futbol bo`yicha 2013 yilgi Oliy Liga bahslari o`z yakuniga etdi. 8 noyabr kuni musobaqaning so`nggi – 26-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Musobaqa yakuniga ko`ra safarda «So`g`diyona» ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozongan «Bunyodkor», eng yaqin ta`qibchisi – safarda «Buxoro» ustidan g`alaba qozongan «Lokomotiv»ni bir ochkoga ortda qoldirdi. «Nasaf» esa safarda «Olmaliq» bilan 2:2 hisobida durang o`ynab, musobaqada uchinchi o`rinni egalladi.
Turning eng qiziqarli o`yinlaridan biri Gulistonda bo`lib o`tdi. O`z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari Oliy Ligada o`z o`rnini saqlab qolishi uchun raqibni mag`lub etishlari shart edi; «Qizilqum»ni esa durang ham qoniqtirardi. O`yin 3:2 hisobida zarafshonliklar g`alabasi bilan yakuniga etdi va «Guliston», «Sho`rtan» bilan birgalikda, Oliy Liga bilan xayrlashdi.
Turning qolgan o`yinlarida «Dinamo» «Neftchi» ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, «Paxtakor» safarda «Navbahor» bilan 2:2 hisobida durang o`ynadi. «Sho`rtan» va «Metallurg» o`rtasidagi o`yin ham gollarga boy bo`ldi va 3:3 hisobi bilan yakuniga etdi.
Oliy Liga, 26-tur uchrashuvlari
8 noyabr, juma
«Dinamo» (Samarqand) – «Neftchi» (Farg`ona) – 2:0. 2564 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), O. Abduvasilov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: F. Shotursunov (36), A. Bobojonov (73).
Ogohlantirishlar: A. Xolmurodov (31) – S. Mirzaev (33), P. Smolyachenko (38), I. Boboxonov (44), G`. Jumaev (79).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melnichuk – H. Chilmatov.
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:3. 2352 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), M. Majidov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Gollar: P. Solomin (31, 66), H. Murtazoev (43) – Sh. Yo`ldoshev (69, penalti), H. Hoshimov (77), S. Mamadaliev (87).
Ogohlantirishlar: A. Omonov (19), A. Vostrikov (23), E. Tojiboev (68), O. Karimov (90) – S. Akbarov (15).
Eng yaxshi o`yinchilar: P. Solomin – M. Ikromov.
«Navbaxor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:2. 3582 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), U. Karimov (Andijon), R. Tolibjonov (Farg`ona)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gollar: R. Ahmedov (49, penalti), A. Abdullaev (90+1) – D. Sharofutdinov (7), J. Iskandarov (44).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Ahmedov – A. Lobanov.
«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:1. 7305 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gol: J. Hasanov (29).
Ogohlantirishlar: B. Pardaev (14) – S. Mustafaev (4).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Qobuljonov – A. Xolmatov.
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:2. 5031 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), Sh. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: A. Pishur (7), S. Rashidov (47).
Ogohlantirish: S. Rashidov («Bunedkor», 29).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Rashidov – D. Jo`raev.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:2. 1555 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), T. To`xtasinov (Andijon)
Nazoratchi: R. Ishmurzin (Toshkent).
Gollar: Z. Polvonov (19, 81) – A. Gevorkyan (63, 86 – ikkisi ham penaltidan).
13-daqiqada Z. Polvonov penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: G. Kvesieshvili (62), T. Kagirov (85) – A. Allaniyozov (4), I. Shomurodov (55).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Polvonov – E. Suyunov.
«Guliston» (Guliston) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 2:3. 4255 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), Sh. Bozorov (Namangan)
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: A. Shog`ulomov (76), M. Mamazulunov (90+3, penalti) – Z. To`raev (53, 57, 66).
Ogohlantirishlar: E. Boymatov (78), F. Qambarov (ikkisi ham - «Qizilqum», 90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Shog`ulomov – Z. To`raev.