«Zomin» va «G`allakor-Avtomobilchi» jamoalari 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etish huquqini saqlab qolishdi.
5 noyabr kuni O`FF sun`iy qoplamali maydonida bo`lib o`tgan o`tish uchrashuvida «Zomin» futbolchilari «Paxtakor-2» darvozasiga javobsiz ikkita gol urishdi.
«G`allakor-Avtomobilchi» va «Orol» o`rtasidagi ikkinchi o`tish uchrashuvi o`tkazilmadi. Nukus jamoasi belgilangan uchrashuvga kelmdi va unga texnik mag`lubiyat yozildi.
O`zbekiston Birinchiligi-2014 uchun o`tish uchrashuvlari
5 noyabr, seshanba
«Paxtakor-2» (Toshkent) – «Zomin» (Zomin) – 0:2. 77 tomoshabin.
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), T. Gaynulin (Tashkent), Sh. Qosimov (Tashkent)
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
Gollar: A. Otaxonov (13, avtogol), B. Orifov (38).
Ogohlantirishlar: X. Haydarov (40) – Sh. Joniqulov (40).
«Orol» (Nukus) – «G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) - :+