3 noyabr kuni mamlakatimizning 7ta stadionida O`zbekiston Chempionati 25-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Ta`kidlash joiz, turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlandi va turning markaziy o`yini esa Qarshi shahrida bo`lib o`tdi. Shu turgacha ikkinchi o`rindagi jamoadan 4 ochkoga ilgarilab ketgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi Qarshida «Nasaf»ga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu uchrashuvdagi g`alaba Mirjalol Qosimov shogirdlarini muddatidan oldin chempionga aylantirishi mumkin edi. Ammo, uchrashuvda Chempionatda 3-o`rinda borayotgan «Nasaf»ning qo`li baland keldi - 1:0. O`yindagi yagona golga esa, «Nasaf» sardori Artur Gevorkyan mualliflik qildi.
Ushbu mag`lubiyatga qaramay, «Bunyodkor» chempionat peshqadamligini o`zida saqlab qoldi. Qosimov shogirdlari o`zlarini ta`qib qilayotgan «Lokomotiv» va «Nasaf»dan 1 ochko ko`p to`plagan.
«Bunyodkor»ni izma-iz ta`qib qilayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi esa, o`z maydonida «Navbahor»ni yirik hisobda taslim etdi - 3:0.
Toshkentda «Paxtakor»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan G`uzorning «Sho`rtan klubi esa Oliy Liga bilan rasman xayrlashdi.
Oliy Liga, 25-tur uchrashuvlari
3 noyabr, yakshanba
«Guliston» (Guliston) – «Dinamo» (Samarqand) – 0:2. 2301 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), A. Mo`minov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: F. Shotursunov (12, 90+1).
Ogohlantirishlar: R. Hasanov (23) – F. Abdusalomov (63), A. Samatov (76), F. Shotursunov (90+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Mamazulunov – F. Shotursunov.
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 4:2. 4812 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), V. Lushin (Guliston), F. Hasanov (Namangan), I. Ibrohimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Alish. Xoliqov (13), R. Sanaev (68), A. Usmonov (88), Z. To`raev (89, penalti) – A. Muhitdinov (58, avtogol), D. Abibullaev (90+1).
Ogohlantirishlar: D. Shohnazarov (59) – O. Jo`raboev (89).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. To`raev – D. Abibullaev.
«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:0. 8112 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. To`ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov (29. Ulug`bek Dadaboev, 72) , 17. Artur Gevorkyan (s) (10. Kenja To`raev, 90), 23. Sherzod A`zamov, 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev, 41. Azamat Allaniyazov (15. Zohid Abdullaev, 78).
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatilla Berdimurodov, 14. Laziz Ubaydullaev. 77. Suhrob Ne`matov.
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuhurov, 3. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G`ofurov, 7. Marko Blajich (5. Dilshod Jo`raev, 73), 8. Javlon Ibrohimov, 11. Oleksandr Pishur (29. Anvar Berdiev, 58), 13. Lutfulla To`raev (33. Oleg Zoteev, 63), 16. Artyom Filiposyan, 19. Jasur Hasanov, 21. Sardor Rashidov.
Zaxiradagilar: 45. Akbar To`raev, 9. Igor Taran, 14. Alibobo Rahmatullaev, 23. Sahob Jo`raev.
Gol: A. Gevorkyan (30, penalti).
Ogohlantirishlar: Xamza Karimov (26), M. Karimov (52), X. Suyunov (83) – A. G`ofurov (36), Xayrulla Karimov (59).
Chetlatish: Xayrulla Karimov (ikkinchi ogohlantirish, 61).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Shomurodov – J. Hasanov.
Uchrashuvdan so`ng
Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «Bugungi g`alaba bilan «Nasaf» jamoasi muxlislarinni tabriklayman. O`yin durangga mos edi. Ammo o`sha birinchi taymda urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo`limda bir kishi kam bo`lib qolishimizga qaramay yigitlar hisobni tenglashtirish uchun oxirigacha kurash olib borishdi. Lekin mezbonlar bunga imkon berishmadi. Albatta futbolda g`alaba va mag`lubiyat yonma-yon bo`ladi. Hamma o`yinda g`olib chiqishni imkoni yo`q. Umid qilamanki, keyingi o`yinda g`alaba qozonib, muxlislarni xursand etamiz».
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Bugun bizni bevosita stadionda turib qo`llab-quvvatlagan barcha muxlislarni tabriklayman. Biz bugun O`zbekistonning ayni paytdagi eng kuchli jamoasini mag`lub etdik. Har ikkala jamoada o`yin davomida imkoniyatlar bo`ldi. Bundan biz samaraliroq foydalandik va uch ochkoga ega bo`ldik. Garchi ikkinchi bo`limda, ular bir kishi kam bo`lib qolishlariga qaramay bizga jiddiy havf tug`dirishdi. Asosiy maqsadimiz g`alabaga erishish edi. Bunga erishdik va mavsumni eng kamida sovrinli o`rinlarda yakunlashimiz aniq bo`ldi. Keyingi uchrashuvda ham faqat g`alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chunki chempionatni yanada yuqoriroq pog`onada yakunlash uchun nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor».
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Buxoro» (Buxoro) – 1:1. 2251 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Toshmuhamedov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: I. Qurbonov (48) – B. Vahobov (24).
Ogohlantirishlar: N. Shibamura (66), A. Nikolaev (ikkisi ham - «Buxoro», 84).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Oripov – A. Nikolaev.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 3:0. 3105 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
«Lokomotiv»: 12.Temur G`aniev, 4.Bobur Yo`ldoshev, 3.Evgeniy Gogol, 8.Akmal Xolmatov, 11.Aleksandr Shadrin (23.Ivan Nagaev, 59), 16.Jasur Hasanov, 19.Islom Inomov (17.Salim Mustafoev, 46), 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sherzod Sharipov, 29.Viktor Karpenko (99.Aleksandr Onika, 76), Dilshod Jabborov.
Zaxirada qolganlar: 31. Artur Parvanov, 24.Ibrohim Rahimov, 33.Ikrom Aliboev, 55.Ilhom Suyunov
«Navbahor»: 1.Viktor Mochalov, 3.Botir To`raboev (6.Leonid Koshelev, 46), 7.Abduaziz Sultonov (13.Temur Sultonov, 46), 8.Azim Ahmedov, 21.A`zam Aliev, 22.Ro`zimboy Ahmedov, 23.Abdumalik Abdullaev, 30.Sobir Hamidov, 31.Rustam A`zamov, 47.Temur Yafarov, 99.Ayubxon Gapparov (96.Akbarsho Rashidxonov 81).
Zaxirada qolganlar: Pavel Leus, Akrom Baxritdinov, Durbek Umaraliev, Abdurazzoq Jo`raev.
Gollar: I. To`xtaxo`jaev (39, 50), A. Xolmatov (79).
Ogohlantirishlar: B. Yo`ldoshev (2) – B. To`raboev (17), R. A`zamov (45), T. Yafarov (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. To`xtaxo`jaev – V. Mochalov.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 4:1. 2368 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
«Paxtakor»: Lobanov, Hoshimov (Olimov, 81), Andreev, Miladinovich, Kozak, Ismatullaev, Maxaradze, Qilichev (Soliev, 46), Iskanderov, Sergeev, Abduxoliqov (Rajabov, 81).
«Sho`rtan»: Korneychuk, Raupov, Krushelnitskiy, Otaqulov (Murtazoev, 46), Omonov, Karimov (Otaxonov, 58), Qodirqulov, Eshmurodov, Alijonov, G`ulomxo`jaev (Intizomov, 87), Solomin.
Gollar: T. Abduxoliqov (18, 38, 77), D. Hoshimov (30) – P. Solomin (15).
Ogohlantirishlar: A. G`ulomxo`jaev (32), A. Alijonov (49), Z. Raupov (68), I. Otaxonov (78), A. Korneychuk (barchasi - «Sho`rtan», 90+3).
Chetlatish: I. Otaxonov (ikkinchi ogohlantirish, 90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: T. Abduxoliqov – P. Solomin.
Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Bugun Temurxo`ja Abduxoliqov eng yaxshi o`yinlaridan birini ko`rsatdi. Hozir uning kelajagi haqida bilmayman. Yil yakunida jamoa bilan shartnomasi tugaydi. Agar u jamoada qolishni istasa, bundan xursand bo`lamiz. Sovrindorlar safiga kirmasligimiz aniq bo`ldi. Bunga ko`p sabablar bor. Biroq hozircha qancha afsus qilganimiz bilan endi foydasi yo`q. Jarohatlar, bir necha futbolchilarning yoshlar terma jamoasiga chaqirilishi bizga xalal berdi. Lekin birinchi davrada safimizda bor futbolchilar bilan ham 2ta ko`proq o`yin yutishimiz kerak edi. Ikkinchi davrada esa «Olmaliq»qa yutqazdik. Bu natijada murabbiylar shtabi va futbolchilarning aybi bor. O`shandayoq o`yinchilarga hushyor bo`lish zarurligini uqtirgandik. Afsuski, buni uddalay olmadik. Lekin mavsum davomida qiyin holatlardan chiqib ketishga uringan va maydonga tushgan barcha futbolchilarga rahmat aytaman».
Zoir TO`RAQULOV, «Sho`rtan» katta murabbiyi: «Jamoaga mavsum yarmida bosh murabbiy bo`lgandim, 5-6 oy ichida yaxshi jamoani shakllantirib bo`lmaydi. Davralar oralig`ida safimizni 10 nafar futbolchi tark etdi, ularni o`rnini munosib futbolchilar bilan to`ldira olmadik. Bunga moliyaviy muammolar sabab bo`ldi. Agar keyingi yil rahbariyat menga ishonishda davom etsa, tartib intizomga rioya qiladigan futbolchilaridan jamoa tuzib, yaxshi jamoa shakllantirishga intilaman».
«Metallurg» (Bekobod) – «Neftchi» (Farg`ona) – 0:0. 1421 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Meshkov (Samarqand)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Ogohlantirishlar: D. Karimqulov (25), A. Ziyovutdinov (60) – V. Ponamaryov (80), U. Qodirov (88), I. Boboxonov (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Mamadaliev – X. Chilmatov.
Xabar «Paxtakor», «Nasaf» va «Lokomotiv» FK matbuot xizmatlari yordamida tayyorlandi.