29 oktyabr, seshanba kuni Oliy Liga 24-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Sovrinli o`rinlarga da`vogar jamoalarning barchasi ushbu turda ham g`alaba nashidasini surishdi. E`tiborli, favorit jamoalarning barchasi yirik hisoblarda g`alaba qozondi.
Jumladan, «Bunyodkor» o`z maydonida «Qizilqum»ni 4:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Lokomotiv» safarda «Sho`rtan» ustidan shu hisobda g`alaba qozondi. «Nasaf» «Buxoro» uyidan 5:1 hisobidagi g`alaba bilan qaytgan bo`lsa, vodiyga safar qilgan «Paxtakor» «Neftchi»ni 3:0 hisobida taslim etdi.
Turning faqat bir o`yini – «Dinamo» – «Metallurg» bahsida muxlislar atigi bitta gol ko`rishdi. Qolgan barcha o`yinlarda kamida uchta gol urildi. Xususan, «Navbahor» o`z maydonida «So`g`diyona»ni 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi, turning eng sermahsul o`yiniga aylangan «Olmaliq» – «Guliston» o`yinida esa maydon egalari 5:3 hisobida g`alaba qozonishdi.
Navbatdagi, 25-tur uchrashuvlari 3 noyabr, yakshanba kuni o`tkaziladi. Tur doirasidagi etti uchrashuvning barchasi bir vaqtda – 14:00da boshlanadi.
Oliy Liga, 24-tur uchrashuvlari
29 oktyabr, seshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:0. 2931 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), U. Karimov (Andijon), S. Shoyusupov (Toshkent), Sh. Po`latov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Komissar: V. Shtern.
«Dinam»: Andrey Melnichuk, Akmal Xolmurodov, Ildar Mamatkazin (Oybek Nurboev, 46), Avaz Agaliev, Alisher Samatov, Sirojiddin Sayfiev, Sanat Shixov, Azamat Bobojonov (Akmal Bozorov, 63), Komil Sharofetdinov, Ildar Magdeev (Abdulla Nabiev, 87), Farrux Shotursunov.
Zaxirada qolganlar: Igor Mixaylov, To`lqin Mirzaev, Firdavs Abdusalimov, Nodir Sanoqulov.
«Metallurg»: Suhrob Sultonov, Odil Isaboev, Saidkomil Akbarov (Jasur Boboev, 57), Hikmat Hoshimov, Umidbek Tojimov (Sardor Rasulov, 65), Dilmurod Karimov (Mirg`iyoz Sulaymonov, 46), Shuxrat Yo`ldoshev, Aleksandr Kovalev, Alisher Ziyovuddinov, Nozimjon Esonov, Shoxnazar Norbekov.
Zaxirada qolganlar: Ma`mur Ikromov, Doniyor Odilov, Shaxzodbek Nurmatov, Davronbek Karimqulov.
Gol: F. Shotursunov (15).
Eng yaxshi o`yinchilar: F. Shotursunov – A. Ziyovutdinov.
Uchrashuvdan so`ng
Rustam Mirsodiqov, «Metallurg» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yinda «Dinamo»ning ishtiyoqi kuchli edi va shu bois raqiblarimiz g`alaba qozonishdi, deb o`ylayman. Ya`ni, Samarqand jamoasiga g`alaba ko`proq kerak edi. Ular turnir jadvalida o`z o`rnini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. Biz bu yilgi maqsadimizga erishdik. Bizning asosiy maqsadimiz muxlislarga chiroyli o`yin va g`alaba tortiq etish bilan birga Oliy ligadagi o`z o`rnimizni saqlab qolish».
Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Og`ir uchrashuvlardan birini o`tkazdik. Biz uchun natija juda muhim edi. Shu bois chiroyli o`yin ko`rmagan bo`lishimiz mumkin. Futbolchilarim ko`rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Albatta, kamchiliklar ham ko`zga tashlandi. O`yin boshidanoq gol urib olganimiz bizga qo`l keldi. Natija kerakligi uchun butun o`yin davomida yigitlar bosim ostida to`p surishdi. Keyingi o`yinlarda «Guliston» va «Neftchi»ni mag`lub etib mavsumni yuqoriroq o`rinda yakunlashga intilamiz».
*/*
«Neftchi» (Farg`ona) – «Paxtakor» (Toshkent) – 0:3. 5325 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: A. Xudoydotov.
«Neftchi»: 51.G`ayrat Hasanov, 3.Shukurali Po`latov, 6.Baxtiyor Yoqubov (71.Mirzakamol Kamolov 56), 7.Mansur Saidov, 17.Sardor Mirzaev (22. Iqbol Akramov 83), 20.Dilyor Ermatov, 23.Sanjar Asqaraliev, 44.Shavkat Nasibullaev, 50.Nosirbek Otaqo`ziev, 52.Vyacheslav Ponomaryov, 99. Zayniddin Tojiev (19.Sherzod Hakimov 66).
Zaxirada qolganlar: 42.Xislat Chilmatov, 5.Iqbol Boboxonov, 25.Umid Qodirov, 27.G`ayrat Jumaev.
«Paxtakor»: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Boyan Miladinovich, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Kaxi Maxaradze, 9. Temurxo`ja Abduholiqov (14.Sherzod Karimov 68), 15.Jamshid Iskanderov, 19.Igor Sergeev, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 29.Vladimir Kozak, 34.Oybek Qilichev (26.Dilshod Sharofutdinov 73).
Zaxirada qolganlar: 1.Nikita Ribkin, 10.Jora Ogonesyan, 20.Anvar Soliev, 37.Abdullox Olimov, 55.Anvar Rajabov
Gollar: I. Sergeev (18), O. Qilichev (36), D. Sharofutdinov (88).
Ogohlantirishlar: O. Kilichev (65), Sh. Karimov (ikkisi ham - «Paxtakor», 84).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – B. Miladinovich.
Uchrashuvdan so`ng
Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiy: «Bugun g`alaba qozonishni niyat qilgandik. Ammo birinchi bo`limda o`tkazib yuborilgan gollar mag`lubiyatimizga sabab bo`ldi. «Paxtakor» bu yil ham sovrinli o`rinlarga da`vogarlik qilmoqda. Ularni g`alaba bilan tabriklayman».
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Bugungi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko`rgandik. Yigitlar to`laligicha o`zlariga bildirilgan ishonchlarni oqlashdi. Bugun farg`onaliklar ham g`alaba qozonish uchun harakat qilishdi. Menimcha, bugun mezbonlarga kuchli bosim o`z ta`sirini o`tkazgan ko`rinadi. Muxlislar oldida so`nggi uchrashuvda mag`lubiyatga uchrashni hech kim istamasligi aniq. Biz esa o`z maqsadimiz Chempionlar ligasiga beriladigan yo`llanma uchun kurashni davom ettiramiz».
*/*
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:4. 2225 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Komissar: B. Haydarov.
Gollar: A. Shadrin (30), I. To`xtaxo`jaev (33, 37), A. Xolmatov (75).
Ogohlantirishlar: A. Vostrikov (51) – D. Rahmatullaev (50), I. Inomov (69), A. Xolmatov (75).
Eng yaxshi o`yinchilar: Ya. Krushelnitskiy – I. To`xtaxo`jaev.
*/*
«Navbahor» (Namangan) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 3:1. 1253 zritelya.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
«Navbahor»: 78. Pavel Leus, 3. Botir To`raboev, 6. Leonid Koshelev (99. Ayubxon G`apparov 70), 8. Azim Ahmedov, 10. Akram Bahriddinov, 13. Timur Sultanov, 17. Sohib Abdullaev (23. Abdumalik Abdullaev, 55), 19. Durbek Umaraliev, 22. Ro`zimbay Ahmedov (S), 30. Sobir Hamidov, 96. Akbarsho Rashidxanov (7. Abduaziz Sultanov, 50).
Zaxirada qolganlar: 1. Viktor Mochalov, 26. Qahramon Mahammadjonov, 31. Rustam A`zamov, 45. Aleksandr Lupashko.
«So`g`diyona»: 1. Aleksandr Melenchuk (S), 3. Ilhom Komilov, 8. Botir Karimjonov, 17. Sanjar Rashidov, 18. Suhrob Berdiev (6. Murod Toshmatov, 61), 19. Siroj Hamroev, 21. Akmal Abdurahmonov, 22. Orif Mamajonov, 23. Bobir Qosimov, 24. Elyor Oripov (4. Asil Begimqulov, 63), 42. Ma`ruf Murodov (25. Sardor Qahhorov, 68).
Zaxirada qolganlar: 16. Shirinboy Abdullaev, 11. Nodir Ibragimov, 26. Dilmurod Ikromov, 41. Ayubxon No``monov.
Gollar: R. Ahmedov (30, penalti), A. Gapparov (73, 83) – B. Karimjonov (86, penalti).
Ogohlantirishlar: A. Rashidxonov (18), A. Abdullaev (60), B. To`raboev (barchasi - «Navbahor», 89).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Ahmedov – A. Melenchuk.
Uchrashuvdan so`ng
Davron Fayziev, «So`g`diyona» jamoasi bosh murabbiyi: «O`tgan turda navbatdagi g`alabani qo`lga kiritib, oliy ligada qolish vazifasini bajarganimizdan xabaringiz bor. Shunday bo`lsada futbolchilarga bo`shashmaslik kerakligini uqtirgandi. Lekin, ular xotirjamlikka berilib harakat qilishgani uchun «Navbahor» bizni jazoladi. Ikkinchi bo`limda hisobni tenglashtirishga intildik. Aynan shu sababli himoyamizda bo`shliqlar paydo bo`ldi. Bundan namanganliklar samarali foydalanib, ketma-ket ikkita gol urishdi. 1:0 hisobida yutqazdik nima-yu, 3:0 hisobida yutqazdik nima? Shu sababli, hujumlar tashkil etgandik. Biroq, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bir so`z bilan aytganda jamoamiz bugun o`ziga o`xshamadi».
Mustafo Bayramov, «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi: «G`alaba bilan barchani tabriklayman. «Nasaf»ga qarshi uchrashuvdagi mag`lubiyatdan keyin muxlislarimiz oldida uyalib qolgandik. Shu sababli, yuzimizni yorug` qilish uchun g`alaba uchun maydonga tushgandik. Safimizda bir qator yo`qotishlar bo`lishiga qaramay, ko`zlangan maqsadga erishdik. Ikkinchi bo`limda amalga oshirilgan o`zgarishlar ham o`yinni kuchaytirdi. Hisob bundanda yirikroq ko`rinish olishi mumkin edi. Biroq, futbolchilarimiz bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi».
*/*
«Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:5. 9127 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Komissar: R. Chernikov.
Gollar: V. Shodiev (89) – A. Allaniyozov (18), Sh. Muhammadiev (43), A. Gevorkyan (70), I. Shomurodov (81), F. Sayfiev (87).
Ogohlantirishlar: B. Vahobov (55) – I. Yunusov (75), Sh. A`zamov (83).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Oniya – A. Gevorkyan.
*/*
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 4:0. 268 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), Sh. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin.
«Bunyodkor»: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov (16.Artyom Filiposyan 46), 4.Xayrulla Karimov (sardor), 6.Anvar G`ofurov, 7.Marko Blajich (5.Dilshod Jo`raev 72), 8.Javlon Ibroximov, 11.Oleksandr Pishur (9.Igor Taran 65), 13.Lutfulla To`raev, 19.Jasur Hasanov, 21.Sardor Rashidov, 23.Sahob Jo`raev
Zahirada qolganlar: 45.Akbar To`raev, 14.Alibobo Rahmatullaev, 29.Anvar Berdiev, 33.Oleg Zoteev
«Qizilqum»: 1.Erkin Jabborov, 14.Fayzullo Qambarov, 23.Sarvarjon Xolmatov (77.Azizbek Usmonov 18), 43.Akmal Xoliqov, 44.Alisher Xoliqov (11.Navro`zbek Olimov 54), 47.Jamshid Shoxnazarov (48.Sherzod Fayzullaev 50), 50.Eldor Boymatov, 54.Asqarjon Muxiddinov, 58.Akmal Rustamov, 87.Ruslan Sanaev, 90.Zafar To`raev
Zahirada qolganlar: 55.Artyom Makosin, 6.Faruh Haydarov, 51.Boburjon Iskandarov, 53.Xurshidjon Yuldashev
Gollar: M. Blajich (11, 17), S. Rashidov (23), I. Taran (76)
Ogohlantirishlar: D. Jo`raev (85) – Z. To`raev (27), N. Alimov (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: X. Karimov – Z. To`raev.
Uchrashuvdan so`ng
Yuriy Lukin, «Qizilqum» bosh murabbiyi: «Tezkor gol o`tkazib yubordik. Oqibatda raqib katta ustunlikka ega bo`ldi. Tan olaman birinchi bo`limda har jabhada «Bunyodkor»ga engildik. Ikkinchi bo`limda esa o`yinimiz jonlandi. Biroq hisob yirik ko`rinishga kelib bo`lgandi. Uchrashuvga moslasha olmaganimiz oqibatida engildik, deb o`ylayman. Jamoada vazifa bormi? Siz har safar shu savolni berasiz. Turnir jadvaliga qaraysizmi o`zi? «Bunyodkor»ni bu holatimiz bilan yutishimiz osonmidi? Oldimizda yana ikki uchrashuv bor. Ushbu o`yinlarda olti ochko ololsak, oliy ligada o`rnimizni saqlab qolamiz. Kurashamiz».
Hikmat Ergashev, «Bunyodkor» katta murabbiyi: «Bugungi uchrashuvda g`alaba qozonish biz uchun juda muhim edi. Chempionlik uchun kurashda ochko yo`qotishga haqqimiz yo`q. Birinchi bo`limda raqib darvozasiga uchta to`p kiritib, bugungi bahsga qo`yilgan vazifamizni deyarli bajarib bo`lgandik. Shu boisdan ham qolgan daqiqalarda biroz xotirjamroq o`yin ko`rsatdik. Oldimizda «Nasaf»ga qarshi qiyin o`yin kutib turibdi. Umuman so`nggi turlarda hech bir jamoani oson o`yin kutib turgani yo`q. Qarshidagi o`yinga ham puxta xozirlik ko`ramiz. Har bir jamoa g`alaba ilinjida maydonga tushishi kerak. Yutqazmaydigan jamoaning o`zi yo`q».
*/*
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Guliston» (Guliston) – 5:3. 880 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Komissar: V. Lyotkin.
«Olmaliq»: 1. Maqsatmurot Shomurodov (16. Umidjon Xonimqulov, 46), 3. Azamat Isroilov, 7. Doston Abdurahmonov (21. Shaxboz Erkinov, 46), 9. Zafar Polvonov, 11. Zohir Pirimov, 13. Igor Petkovich, 20. Darko Stanoevich, 22. Sanjar Shoahmedov, 50. Georgiy Kvesieshvili, 55. Obid Jo`raboev, 88. Dilyaver Abibullaev (23. Sherali Jo`raev, 84).
Zaxirada qolganlar: 2. Timur Kagirov, 12. Sharif Mirzaev, 15. Bahrom Yuldashev, 24. Diyorjon Turopov.
«Guliston»: 1. Ilhom Jumanov, 7. Robbimjon Hasanov (19. Rustam Qodirov, 46), 9. Xurshid Yuldashev (10. Zafarjon Qoraqulov, 64), 18. Bobirjon Akbarov, 21. Mirjalol Qurbonov, 22. Tohir Shamshiddinov, 23. Sarvarbek Jo`raev, 25. Elyor Jahonov, 26. Mo`ydin Mamazulumov, 77. Sergey Rekun (17. Alisher Shog`ulomov, 46), 88. Shukur Jumaboev.
Zaxirada qolganlar: 24. Doniyor Usmonov, 8. Dilmuhamad Xudoyberdiev, 28. Ilyos Xayrov, 44. Asiljon Mansurov.
Gollar: Z. Polvonov (45+1, 48), Sh. Erkinov (60, 70, 84) – M. Mamazulunov (74, 89), A. Shog`ulomov (79).
Ogohlantirishlar: Mo`ydin Mamazulumov (23), Georgiy Kvesieshvili (31), Dilyaver Abibullaev (33).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Erkinov – M. Mamazulunov.
Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi: «Birinchi golni muxlislar uzoq kutib qolishgan bo`lsada, maydonda jamoamiz to`liq ustunlik qildi. Hisob yirik ko`rinish hosil qilganidan so`ng, xotirjamlikka berilishdi. Oqibatda raqib jamoa himoyadagi xatolarni gol bilan jazoladi. Keyingi turda Zarafshonga safar qilamiz. Oliy ligada qolishga harakat qilayotgan jamoaga qarshi qiyin o`yin kutib turibdi. Mavsumni kuchli oltilikda yakunlash vazifasi qo`yilgandi. O`ylaymanki jamoa buni ortig`i bilan bajaradi».
Baxtiyor Ashurmatov, «Guliston» bosh murabbiyi: «Bugungi g`alaba bilan «Olmaliq» jamoasini tabriklayman. Ayni vaqtda bu jamoa bizdan ustun. Mag`lubiyatda aybni o`z zimmamga olaman. Futbolchilarga rahmat, kuchlari etganicha to`p surishmoqda. Hozirgi holatda bundan ortig`ini ko`rsata olmasligimiz aniq. Jamoaning oliy ligada qolish qolmasligi keyingi ikki turda o`z maydonimizdagi uchrashuvlarda hal bo`ladi».
Xabar «Olmaliq», «Bunyodkor», «Dinamo», «Navbahor», «Neftchi» matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.