«Nasaf» va «Paxtakor» yirik hisobda g`alaba qozondi

23.10.2013

«Nasaf» va «Paxtakor» yirik hisobda g`alaba qozondi

2013 yilgi Oliy Liga bahslari yakunlanishiga uch tur qoldi. 23-tur uchrashuvlari 23 oktyabr, chorshanba kuni start oldi. Shu kuni tur doirasidagi olti uchrashuv o`tkazildi.

O`tkazilgan olti uchrashuvning faqat bittasi mehmonlar g`alabasi bilan yakuniga etdi – «Guliston» mehmoni bo`lgan «Bunyodkor» 3:1 hisobida g`alaba qozonib, peshqadamligini davom ettirdi. Ayni vaqtda jamoa ochkolari soni 55taga etdi va Qosimov shogirdlari eng yaqin ta`qibchisi – «Nasaf»ni to`rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

O`z navbatida, Qarshining «Nasaf» jamoasi peshqadamni ta`qib etishda davom etmoqda. O`z maydonida Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qilgan Ro`ziqul Berdiev shogirdlari 5:0 hisobida g`alaba qozonib, musobaqa jadvalida kamida bir kunga 2-o`ringa ko`tarilib olishdi. Uchrashuvda Ilhom Yunusov va Artur Gevorkyan dublga erishgan bo`lsa, yakuniy hisobni o`rnatgan beshinchi gol Zohid Abdullaev hisobiga yozildi.

Sovrinli o`rinlar uchun kurashni davom ettirayotgan «Paxtakor» esa o`z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi. Gollarga boy o`tgan bahs 5:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi. Uchrashuvda Oybek Qilichev dublni rasmiylashtirgan bo`lsa, Sherzod Karimov, Dilshod Sharofetdinov va Davron Hoshimov bir martadan bekobodliklar darvozasini aniq nishonga olishdi. Bunga javoban esa Dilmurod Karimov va Ruslan Vagapov «Paxtakor» darvozaboni Aleksandr Lobanov qo`riqlayotgan darvozani ishg`ol qilishdi.

Turning eng tezkor gollaridan biri Olmaliqda kechgan «Olmaliq» – «Dinamo» uchrashuvida qayd etildi. «Olmaliq» himoyachisining xatosidan unumli foydalangan Farrux Shotursunov uchrashuv 1-daqiqasining ilk soniyalaridayoq hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Samarqandliklar 18-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinda borganliklariga qaramay, yakunda bir ochkoga ham ega chiqishmadi. Igor Shkvirin qo`l ostidagi «Olmaliq» Obid Jo`raboev va Dilyaver Abibullaevning aniq zarbalari evaziga birinchi bo`limning o`zida hisobni tenglashtirgan bo`lsa, uchrashuv yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida Zafar Polvonov tomonidan kiritilgan gol olmaliqliklarga mavsumdagi 10-g`alabani keltirdi.

Chorshanba kuni, shuningdek, «So`g`diyona» – «Sho`rtan» (3:1) va «Qizilqum» – «Buxoro» (2:0) uchrashuvlari ham o`tkazildi.

Turni 24 oktyabr, payshanba kuni o`tkaziladigan «Lokomotiv» – «Neftchi» uchrashuvi yakunlab beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30da boshlanadi.

Oliy Liga, 23-tur uchrashuvlari
23 oktyabr, chorshanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Dinamo» (Samarqand) – 3:2. 913 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Komissar: A. Xudoydotov.
«Olmaliq»: 87. Roman Abdulov, 7. Doston Abdurahmonov, 11. Zohir Pirimov, 12. Sharif Mirzaev (9. Zafar Polvonov, 46), 13. Igor Petkovich, 15. Bahrom Yuldashev, 20. Darko Stanoevich, 23. Sherali Jo`raev (24. Diyorjon Turopov, 55), 50. Georgiy Kvesieshvili (3. Azamat Isroilov, 61), 55. Obid Jo`raboev, 88. Dilyaver Abibullaev.
Zaxirada qolganlar: 1. Maqsatmurod Shomurodov, 17. Ma`murjon Abdullaev, 21. Shaxboz Erkinov, 26. Elyor Mamasoliev.
«Dinamo»: 27. Andrey Melnichuk, 4. Oybek Nurboev, 6. Akmal Bozorov (25. Nodir Sanoqulov, 71), 12. San`at Shixov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Siroj Sayfiev, 21. Azamat Bobojonov, 26. Komil Sharofiddinov (10. To`lqin Mirzaev, 88), 48. Ildar Mamatkazin, 70. Farrux Shotursunov (17. Abdulla Nabiev, 57), 72. Alisher Samatov.
Zaxirada qolganlar: 1. Igor Mixaylov, 22. Firdavs Abdusalimov, 24. Timur Dadashev, 77. Omadjon Toyloqov.
Gollar: O. Jo`raboev (35), D. Abibullaev (44), Z. Polvonov (83) – F. Shotursunov (1), K. Sharofutdinov (18).
Ogohlantirish: S. Shixov («Dinamo», 6).
Eng yaxshi o`yinchilar: O. Jo`raboev – A. Melnichuk.

Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi:
«O`yinni ilk daqiqasidayoq himoyadagi xato evaziga tezkor gol o`tkazib yubordik. Ikkinchi golda ham futbolchilar oddiy xatoga yo`l qo`yishdi. Shundan so`ng, o`yin tizginini to`liq o`z qo`limizga olishga erishdik. Birinchi taymdayoq hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldik. Ikkinchi taymda raqib himoyasini ko`p bora yorib o`tgan bo`lsakda, «Dinamo» posbonining harakatlari gol urishimizga to`sqinlik qildi. O`yinning so`nggi o`n daqiqasida g`alaba to`pi kiritildi. Hisobda oldinda borgan holda himoyalanuvchi jamoaga qarshi o`yin o`tkazish ancha mushkul. Bugun shogirdlarim bu to`siqni enggan holda g`alaba qozonishdi».

Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Uchrashuvda tezda hisobni ochganimiz va hatto ikki to`p farqi bilan oldinga chiqishimiz, futbolchilarni xotirjamlikka berilishiga olib keldi. Buning ustiga standart vaziyatlarda himoyalanish jarayonida kamchiliklarimiz bu o`yinda ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Birinchi taymdayoq hisobdagi ustunlikni qo`ldan chiqardik. Ikkinchi taymda raqibning kuchli tomonlarini bilgan holda asosan himoyalanib qarshi hujum taktikasida o`yinni o`tkazdik. Afsuski, bosimga oxirigacha turib bera olmadik va mezbonlar uchinchi marta ham gol urishga erishishdi. Balki birinchi taymni hisobda oldinda borgan tugatganimizda Olmaliqdan yaxshi natija bilan qaytgan bo`larmidik».

*/*

«Guliston» (Guliston) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:3. 3635 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), H. Shodmonov (Buxoro), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: M. Mamazulunov (87) – A. Berdiev (3), J. Ibrohimov (65), A. Pishur (81).
Ogohlantirishlar: M. Mamazulunov (8), A. Shog`ulomov (54) – S. Jo`raev (58).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Shog`ulomov – L. To`raev.

*/*

«Qizilqum» (Zarafshon) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 7501 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), R. G`opurov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
Gollar: Alish. Xoliqov (5, 89).
Ogohlantirish: A. Hojiakbarov («Buxoro», 83).
Eng yaxshi o`yinchilar: Alish. Xoliqov – B. Nosirov.

*/*

«Nasaf» (Qarshi) – «Navbahor» (Namangan) – 5:0. 2231 tomoshabin.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), N. Meshkov (Samarqand)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Komissar: V. Lyotkin.
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov (10. Kenja To`raev, 81), 17. Artur Gevorkyan (s), 23. Sherzod A`zamov, 27. Ilhom Yunusov, 29. Ulug`bek Dadboev (28. Shuhrat Muhammadiev, 56), 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev, 41. Azamat Allaniyazov.
Zaxirada qolganlar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatilla Berdimurodov, 15. Zohid Abdullaev, 77. Suhrob Ne`matov, 88. Samandar Shodmonov.
«Navbahor»: 78. Pavel Leus, 3. Botirbek To`raboev, 8. Azimjon Ahmedov (23. Abdumalik Abdullaev, 70), 13. Temur Sultonov (10. Akramjon Bahriddinov, 51), 21. Azamjon Aliev, 22. Ro`zimboy Ahmedov (s), 25. Abdurazzoq Jo`raev, 26. Qahramon Muhammadjonov, 30. Sobir Hamidov, 31. Rustam A`zamov (51. Islomjon Ismoilov, 50), 32. Jahongir Mehmonov.
Zaxirada qolganlar: 1. Viktor Mochalov, 2. Bilol Sharofitdinov, 96. Akbar Rashidxonov, 99. Ayubxon Gapparov.
Gollar: I. Yunusov (23, 45), A. Gevorkyan (78, 81), Z. Abdullaev (83).
Ogohlantirish: J. Mehmonov («Navbahor», 57).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Yunusov – A. Aliev.

Uchrashuvdan so`ng
Mustafo Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi: «
Nasaf» bugun bizdan har tomonlama kuchliligini namoyish etdi va hisob o`yinga mos bo`ldi, deb o`ylayman. Jamoa muxlislarini g`alaba bilan tabriklayman. Jamoa tarkibi bir necha yillardan beri birga to`p tepmoqda va tarkibda yaxshi ijrochilar yig`ilgan. Bizning jamoa bugun nafaqat himoyachilar balki butun jamoa bo`sh o`yin ko`rsatdi. Gol urish uchun imkoniyatlar bo`ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik».

Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Avvalo muxlislarni g`alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda g`alaba qozonish yoqimli. Shunga qaramay o`yin davomida ba`zi vaziyatlarda asabiy o`yin kechdi. Garchi birini bo`lib gol kiritsakda, ozgina o`ynimizda pasayish bo`ldi.»Navbahor» ham uchinchi golga qadar qarshilik ko`rsatishga harakat qildi. Mehmonlar asosan qarshi hujumda harakat qilishini kutgandik va amalda shunday ham bo`ldi. Eng muhimi biz uch ochkoni qo`lga kiritdik. Biz uchun hisob qanday bo`lishidan qat`iy nazar eng muhimi g`alaba qozonishimiz».

*/*

«So`g`diyona» (Jizzax) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 3:1. 1564 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), M. Majidov (Namangan), B. Bahromov (Toshkent), Sh. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Komissar: R. Chernikov.
Gollar: I. Kurbanov (12), A. No``monov (23), S. Berdiev (54) – B. Qodirqulov (62).
Ogohlantirish: J. Otaqulov («Sho`rtan», 85).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Hamroev – B. Qodirqulov.

*/*

«Paxtakor» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) – 5:2. 547 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), O. Abduvasilov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Komissar: B. Haydarov.
«Paxtakor»: Lobanov, Andreev (Ubaydullaev, 63), Ismatullaev (Rajabov, 67), Kozak, D.Hoshimov, Sharofetdinov, Maxaradze, Qilichev, Sh.Karimov, Iskanderov, Sergeev (Soliev, 46).
«Metallurg»: Ikromov, Akbarov, H.Hoshimov, D.Karimov, Odilov (Tojimov, 78), Mamadaliev (Akbarov, 71), Yo`ldoshev, Kovalyov, Karimqulov, Vagapov, Sulaymonov (Ziyoviddinov, 77).
Gollar: Sh. Karimov (1), D. Sharofutdinov (3), D. Hoshimov (38), O. Qilichev (51, 89) – D. Karimov (54), R. Vagapov (84).
Ogohlantirishlar: O. Qilichev (29) – S. Mamadaliev (24), D. Karimqulov (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: O. Qilichev – R. Vagapov.

Uchrashuvdan so`ng
«Paxtakor» FK matbuot xizmati xabariga ko`ra, «Metallurg» bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov «Paxtakor»ga qarshi o`yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «Avvalgi uchrashuvlarda vaziyatlardan unumli foydalana olmayotgandik. Mashg`ulotlarda aynan shu jihat ustida ishlagandik va bugun raqib darvozasiga besh bor to`p kiritdik. Bu g`alaba biz uchun juda muhim edi. To`g`ri, gollarni huujmchilar urishmadi, lekin zamonaviy futbolda qanot yarim himoyachilari deyarli hujumchi vazifasini bajarishi zarur. Karimov va Qilichev shunday vazifani ado etishdi. Hali oldinda yana 3 tur o`yinlari bor va biz oxirigacha kurashmiz. Lekin taqdirimiz qolgan klublarning o`yinlariga bog`liq. Oxirgi ikki uy o`yinida darvozamizdan besh to`p o`tkazib yubordik. Bu yaxshi ko`rsatkich emas, albatta. Himoyada ham ishlarimizni yaxshilashimiz shart. Endi mashg`ulotlarda himoyachilar bilan ishlashga kirishamiz, aftidan».
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib