O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 13-tur doirasida o`tkazilgan «Istiqlol» (Toshkent) – «Spartak» (Buxoro) uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng ro`y bergan hodisa yuzasidan quyidagi intizomiy jazo choralari ko`rildi:
1. Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.33, 5.37 va 5.42-bandi)ga asosan «Spartak» FK (Buxoro) jarimaga tortildi.
Futbolchi Shuhrat Musaev 1 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Futbolchilar Bahodir Ramazonov va Umid Jumaev, sport direktori Farrux Hamroev mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.
«Spartak» (Buxoro) futbol klubiga qat`iy ogohlantirish berildi. Hodisa takrorlanadigan bo`lsa, jamoa O`zPFL musobaqalaridan chetlatiladi.
2. Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.9, 5.33 va 5.37-bandi)ga asosan «Istiqlol» FK (Toshkent) jarimaga tortildi.
Futbolchilar Rasul Rahmonberdiev, G`ulomhaydar G`ulomov, massajchi-shifokor Naimjon Nosirov mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.
Futbolchilar Shohid Tillaboev, Otabek Xoldorovga O`zbekiston Professional Futbol ligasining alohida qarori qabul qilinmagunicha, O`zPFL musobaqalarida ishtirok etish ma`n etildi.
«Istiqlol» (Toshkent) futbol klubiga qat`iy ogohlantirish berildi. Hodisa takrorlanadigan bo`lsa, jamoa O`zPFL musobaqalaridan chetlatiladi.
«Istiqlol» FK (Toshkent)ning 2014 yildagi uy uchrashuvlari O`zPFL bilan kelishilganidan so`ng betaraf stadionda o`tkaziladi.
3. 2013 yil 16 oktyabr kuni Toshkentda o`tkazilishi kerak bo`lgan «Istiqlol» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak) jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 14-tur uchrashuvi shu yilning 30 oktyabr kuni Muborak shahrida o`tkaziladi.