Oliy Liga 22-turda medallarga da`vogarlarning barchasi g`alaba qozondi

18.10.2013

Oliy Liga 22-turda medallarga da`vogarlarning barchasi g`alaba qozondi

O`zbekiston Oliy Ligasi 22-turida medallarga da`vogar barcha jamoalar g`alaba qozonishdi va musobaqa yakunlanishiga to`rt tur qolganida jadvalning yuqori qismida o`zgarishlar bo`lmadi.

«Bunyodkor», «Nasaf» va «Lokomotiv» o`z raqiblarini yirik hisoblarda mag`lub etishgan bo`lsa, «Paxtakor» Samarqandda kichik hisobda g`alaba qozondi.

Oliy Liga, 22-tur uchrashuvlari
18 oktyabr, juma
«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:2. 5242 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), V. Lushin (Guliston), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: N. Jalolov.
«Dinamo»: 27.Andrey Melnichuk, 4. Oybek Nurboev, 12. San`at Shixov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Siroj Sayfiev (17. Abdulla Nabiev, 42), 21. Azamat Bobojonov, 26.Komil Sharofutdinov (10.To`lqin Mirzaev, 88), 48. Ildar Mamatkazin, 55. Avaz Agaliev, 70. Farrux Shotursunov (40.Ildar Magdiev, 58), 72.Alisher Samatov.
«Paxtakor»: 12. Aleksandr Lobanov, 4. Boyan Miladinoich, 7. Kaxi Maxaradze, 10. Jora Ogonesyan (34. Oybek Qilichev, 65), 15. Jamshid Iskandarov, 19. Igor Sergeev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Davron Hoshimov, 26. Dilshod Sharofutdinov (38. Abbosbek Maxsataliev, 85), 28. Stanislav Andreev (55.Anvar Rajabov, 56), 29. Vladimir Kozak.
Gollar: K. Sharofutdinov (78) – J. Oganesyan (13), K. Maxaradze (79).
Ogohlantirishlar: A. Samatov (27), K. Sharofutdinov (78), I. Magdeev (86), A. Agaliev (86) – K. Maxaradze (25).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melnichuk – D. Iskandarov.

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi:
«Kutilganidek Samarqanddagi uchrashuv ham biz uchun og`ir o`tdi. Ushbu uchrashuvga katta tayyorgarlik ko`rgan bo`lsakda, baribir o`sha oldingi muammoimiz – vaziyatlardan unumli foydalanish borasidagi ko`rsatgichimizni to`g`irlay olmadik. Bir qator vaziyatlar ko`kka sovurildi. Bu bizning «kasallik»imiz bo`lib qolmoqda. Shu bois, o`yin oxirini juda asabiy o`tkazdik. «Dinamo» esa yaratilgan imkoniyatdan foydalana oldi. Umuman olganda esa, asosiy maqsad uch ochko qo`lga kiritilganidan xursandman».

Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Ketma-ket kuchli klublarga qarshi o`yinda tushayotganligimiz jamoaga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmayapti. Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko`rgandik. Ammo, hozirda tarkib va futbolchilar saviyasi jihatdan raqibimiz «Paxtakor»ning ustunroq ekanligi ko`rinib qoldi. Ularga qarshi to`g`ri taktika tanlagandik deb hisoblayman. Aynan qarshi hujum evaziga o`yin oxirida muvozanatni tiklagandik. Ammo, o`sha goldan keyin juda tez xotirjamlikka berildik va bu uchun jazolandik».

*/*/*/*

«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:4. 2268 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: V. Letkin.
Gollar: D. Rahmatullaev (22, penalti), I. Nagaev (25), V. Karpenko (59), D. Jabborov (82).
Ogohlantirishlar: M. Ikromov (20), D. Karimqulov (34), Sh. Nurmatov (49) – I. Nagaev (26), D. Rahmatullaev (55), B. Yo`ldoshev (89).

*/*/*/*

«Neftchi» (Farg`ona) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 0:2. 3254 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Komissar: B. Haydarov.
"Neftchi": 42. Xislat Chilmatov, 3.Shukurali Po`latov, 6.Baxtiyor Yoqubov (22.Iqbol Akramov 60), 7.Mansur Saidov, 11.Otabek Isroilov (99.Zayniddin Tojiev 46), 17.Sardor Mirzaev, 20.Dilyorbek Ermatov (19.Sherzod Hakimov 74), 23.Sanjar Asqaraliev, 44.Shavkat Nasibullaev, 47.G`ulom O`runov, 52.Vyacheslav Ponomaryov.
Zaxirada qolganlar: 51.G`ayrat Hasanov, 27.G`ayrat Jumaev, 49.Pavel Smolyachenko, 71.Mirzakamol Kamolov.
«So`g`diyona»: 1.Aleksandr Melenchuk, 3.Ilhom Komilov, 5.Ilyos Qurbonov (10.Zafar Narziqulov 83), 7.Rasul Hayitov, 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev (14.Rinat Bayramov 73), 22.Orif Mamajonov, 24.Elyor Oripov, 41.Ayubxon Nu`monov, 42.Ma`ruf Murodov (2.Javodillo Ibragimov 88).
Zaxirada qolganlar: 16.Shirinboy Abdullaev, 4.Asiljon Begimqulov, , 21.Akmal Abdurahmonov, 25.Sardor Qahhorov.
Gollar: S. Berdiev (46, 84).
90+3-daqiqada G`. O`runov («Neftchi») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: M. Saidov (67) – E. Oripov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – S. Berdiev.

Uchrashuvdan so`ng
Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi:
«Bugun «So`g`diyona» bizga yaxshi saboq berdi. Men aynan mana shu narsani sezgan holda o`yinchilarga raqibni mensimaslik yomon oqibatga olib kelishini o`qtirgandim. Lekin baribir bu narsa bizga pand berdi. Zamonaviy futbolda kuchsiz raqibning o`zi yo`q. Jamoa qanchalik kuchli bo`lsamin, raqib ham futbol o`ynashini unutmaslik lozim. Bugun ayrim futbolchilarga dam berishimning boisi, oldinda bizni qiyin o`yinlar kutib turibdi. Shogirdlarimni mana shu bahslarga zuriqishsiz tayyorlashni maqsad qilgandim. Ammo mag`lubiyat futbolning bir qismi ekanligini unutmaslik kerak. «So`g`diyona»ni g`alaba bilan tabriklayman».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Avvalo farg`onalik muxlislarga minnatdorchilik izhor etmoqchiman. O`yindan keyin ular bizni qarsaklar bilan kuzatib qo`yishdi. Bu erga kelishdan oldin shogirdlarimga tarixni yangilash vaqti kelganini ta`kidlagandim. 21 yildan beri «So`g`diyona» Farg`onadan ochko ololmayotgan edi. Bugun tarix yangilandi. Qisqa tanaffusdan foydalanib, xatolarimiz ustida ishladik. «Paxtakor»ga qarshi o`yinni yaxshilab tahlil etdik. Bugun g`alaba qozonganimizdan xursandman».

*/*/*/*

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:4. 2454 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), T. Gaynulin (Toshkent), O. To`ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Komissar: A. Xudoydotov.
Gollar: A. G`ulomxo`jaev (90+1) – A. Allaniyozov (5, 87), A. Gevorkyan (74, 83).
Ogohlantirishlar: O. Karimov (31), Ya. Krushelnitskiy (47), J. Otaqulov (59), A. Alijonov (66) – E. Suyunov (51), A. Gevorkyan (70).
Chetlatish: Ya. Krushelnitskiy (ikkinchi ogohlantirish, 49).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Aliqulov – A. Gevorkyan.

*/*/*/*

«Navbahor» (Namangan) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 1:0. 3383 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), R. Shoyahmetov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin.
«Navbahor»: 78. Pavel Leus, 3. Botir To`raboev, 10. Akram Bahriddinov, 17. Sohib Abdullaev (23. Abdumalik Abdullaev, 70), 21. A`zam Aliev, 22. Ro`zimbay Ahmedov, 25. Abdurazzoq Jo`raev, 30. Sobir Hamidov (96. Akbarsho Rashidxanov, 76), 32. Jahongir Mehmonov, 47. Timur Yafarov, 99. Ayubxon Gapparov (51. Islom Ismoilov, 58).
Zaxirada qolganlar: 1. Viktor Mochalov, 13. Timur Sultanov, 19. Durbek Umaraliev, 26. Qahramon Mahammadjonov.
«Qizilqum»: 1. Erkin Jabborov, 11. Navro`z Alimov (87. Ruslan Sanaev, 80), 14. Fayzullo Qambarov, 23. Sarvar Xolmatov, 43. Akmal Xoliqov, 44. Alisher Xoliqov (53. Xurshid Yo`ldoshev, 46), 47. Jamshid Shohnazarov, 50. Eldor Boymatov, 54. Asqar Muhiddinov, 58. Akmal Rustamov, 90. Zafar To`raev (6. Farruh Haydarov, 56).
Zaxirada qolganlar: 55. Artyom Makosin, 51. Bobur Iskandarov, 57. Isroil Ergashev, 77. Azizbek Usmonov.
Gol: B. To`raboev (90+3).
Ogohlantirishlar: S. Abdullaev (4), A. Jo`raev (24), A. Muhitdinov (90) – A. Rustamov (24).
Eng yaxshi o`yinchilar: B. To`raboev – E. Jabborov.

Yuriy Lukin, «Qizilqum» jamoasi bosh murabbiyi: «Teng kurashlarga boy o`yin bo`ldi. Uchrashuv oxirlarida «Navbahor» jamoasiga oxirgi daqiqalarda omad kulib boqdi va g`alabani qo`lga kiritdi. O`z navbatida futbolchilarimiz ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Jamoaga yangi murabbiyni kelganligi ham namanganliklarning foydasiga xizmat qildi deb o`ylayman. Shu sababdan ham futbolchilar so`nggi soniyalargacha kurashib, maqsadlariga etishdi. Jamoamizda moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo`q. OAVlarda shunday ma`lumot tarqatilgan bo`lsada, bunday demaganman. Bari noto`g`ri ma`lumot va bo`xtondan o`zga narsa emas. Endi chempionatning qolgan turlarida ishonchliroq o`yin ko`rsatib, ligadagi o`rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz».

Mustafo Bayramov, «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi: «Bir necha uchrashuvdan beri g`alaba qozona olmayotganligimiz sababli, bugun oldimizga uch ochkoni qo`lga kiritishni maqsad qilgandik. Qolaversa, jamoamizga murabbiy sifatida No``mon Hasanovni kelishi ham futbolchilarimizni ruhlantirdi. Guvohi bo`lganingizdek, tarkibda bir qator yo`qotishlar bor edi.. Shu sababli tarkibda qator o`zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo`ldik. Uchrashuv davomida qiyin bo`lsada, yigitlar oxirigacha kurashib g`alabani qo`lga kiritishdi. Namoyish etilgan o`yin uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman».

*/*/*/*

«Buxoro» (Buxoro) – «Guliston» (Guliston) – 3:1. 5512 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), S. Shoyusupov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
Gollar: V. Shodiev (52, 80), I. Ilin (75) – A. Shog`ulomov (36).
Ogohlantirishlar: B. Pardaev (68) – M. Mamazulunov (77).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shodiev – M. Qurbonov.

*/*/*/*

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 4:1. 1112 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Komissar: V. Shtern.
Gollar: O. Zoteev (1), A. Pishur (25), A. Berdiev (67, 80) – D. Abibullaev (11).
Ogohlantirish: L. Turaev («Bunedkor», 34).
Eng yaxshi o`yinchilar: O. Zoteev – D. Abibullaev.

Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi: «Tarkibimizdagi yo`qotishlar mag`lubiyatimizning asosiy omili bo`ldi. Chunki uchta etakchi futbolchimiz kartochkalar tufayli bugun bizga yordam bera olishmadi. Raqibga mahorat bobida imkoniyatni boy berdik. Bizning zaxira o`rindig`imiz uzun emas. Zaxiradan tushib o`yinimizni kuchaytira oladigan futbolchilarimiz etarli emas. Birinchi davra bahsida «Bunyodkor»da muammolar bor edi. O`shanda toshkentliklar Osiyo Chempionlar ligasining qaysidir muhim bahsini mehmonda o`tkazib qaytgandi. Shundan foydalanib, g`alaba qozongandik».

Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «Olmaliq» shakllangan va o`z uslubiga ega jamoa. Ular yaqinda ushbu stadionda «Paxtakor»ni yutib ketishgandi. Tezkor gol urishimizga qaramasdan, xotirjamlik oqibatida o`z darvozamizdan to`p olib chiqdik. Keyin hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin ham igna ustida utirgandek bo`ldim. Boisi «Olmaliq» a`zolaridan har qanday xavfni kutish mumkin edi. Qachonki, Berdiev zaxiradan tushib hisobdagi farqni oshirganidan keyingina xotirjam bo`ldim. Bu jamoa biz uchun noqulay raqib hisoblanadi. Shuning uchun ham g`alabadan xursandman».
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib