O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichida 9-12-o`rinlarni egallagan jamoalar o`rtasidagi ikkinchich bosqich musobaqalari yakuniga etdi.
So`nggi tur arafasida kelasi yilgi O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etish huquqini saqlab qolgan «Lokomotiv-BFK» va «Xotira-79» futbolchilari so`nggi turda birinchi o`rin masalasi uchun maydonga tushishdi. Toshkent jamoasi uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi. O`yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi, shunga qaramay, «Lokomotiv-BFK» yakunda musobaqa g`olibiga aylandi.
«G`allakor-Avtomobilchi»ga «Surxon» ustidan texnik g`alaba (+:-) yozildi, chunki termizliklar uchrashuvga kelishmadi. Shunday qilib, G`allaorol jamoasi uchinchi o`rinni egalladi. To`rtinchi o`rin esa «Zomin»ga nasib etdi.
Noyabr oyida «G`allakor-Avtomobilchi» va «Zomin» O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 15- va 16-o`rin jamoalari bilan o`tish bosqichi uchrashuvlarini o`tkazishadi.
O`zbekiston Birinchiligi, ikkinchi bosqich (9-12-o`rinlar)
7-tur uchrashuvlari
16 oktyabr, chorshanba
«Bunyodkor-2» (Toshkent) – «Buxoro-2» (Buxoro) - 4:2. 55 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent), A. O`rinov (Farg`ona), A. Jo`raxonov (Andijon), A. Rubakov (Toshkent).
Gollar: V. Nuriev (69, 73), Z. Umarov (77), F. Namozov (80, penalti) – R. Yangiev (11), R. Aslanov (64).
Ogohlantirishlar: D. Qahramonov (15), A. Ochilov (55) – Sh. Salimov (9).
Chetlatish: A. Ochilov (ikkinchi ogohlantirish, 84).
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Xotira-79 (Uychi) – 2:2. 255 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), A. Po`latov (Toshkent), A. Yusupov (Andijon), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: T. Vasilev (5), S. Kim (10) – G. Otavaliev (43), F. Shokirov (90+4).
Ogohlantirishlar: A. Qurbonaliev (25), R. Aboev (86) – Sh. Hamidov (12), O. Mo`minov (75).
«G`allakor-Avtomobilchi» (Gallaorol) – «Surxon» (Termiz) - +:-