Namangan va Uychida 2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichida 9-12-o`rinlarni egallagan jamoalar o`rtasida ikkinchi bosqich o`yinlari start oldi.
Ushbu musobaqada etti jamoa ishtirok etmoqda. «Bunyodkor-2» futbochlilari birinchi turda dam olishdi.
Ikkinchi tur o`yinlari 8 oktyabr kuni o`tkaziladi.
O`zbekiston Birinchiligi, 2-bosqich, 1-tur uchrashuvlari
7 oktyabr, dushanba
«Surxon» (Termiz) – «Buxoro-2» (Buxoro) – 1:1. 47 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Bozorov (Namangan), F. Hasanov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: I. Hamzaev (89) - U. Xoliqulov (55, avtogol).
Ogohlantirish: A. Rahmonqulov («Surxon», 10).
«Zomin» (Zomin) – «Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – 1:2. 63 tomoshabin.
Hakamlar: R. Tolibjonov (Farg`ona), S. Eremeev (Toshkent), A. O`rinov (Farg`ona), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Nexochin (Namangan).
Gollar: D. Toshmatov (53) – X. Najimov (23), T. Tursunov (64).
81-daqiqada U. Abdullaev («Zomin») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: S. Haqnazarov (28), F. Payziev (45+2) – S. Ergashev (44), D. Isoqov (73), T. Tursunov (83), A. Komiljonov (88).
«Xotira-79» (Uychi) – «G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) – 4:0. 335 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent), A. Yusupov (Andijon), A. Jo`raxonov (Andijon), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Tambovtsev (Toshkent).
Gollar: O. Mo`minov (6), I. Qo`ziboev (47), X. G`aniev (68), M. Abdullaev (90+2).
Ogohlantirishlar: B. Abdumo`minov (19), A. Madaliev (ikkisi ham - «G`allakor-Avtomobilchi», 60).