Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
«Nasaf»ga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibi sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» hujumchisi Temurxo`ja Abduxoliqov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Paxtakor»ga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibiga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf» himoyachisi Maqsud Karimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Nasaf»ga qarshi 19-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida raqibiga qo`l bilan zarba bergani uchun «Paxtakor» himoyachisi Murod Xolmuhamedov 2013 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Nasaf»ga qarshi 18-tur uchrashuvida to`p uchun kurash vaqtida raqibi oyog`iga haddan ortiq kuch bilan qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» himoyachisi Sardor Rahmonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Sho`rtan»ga qarshi 18-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor» himoyachisi Javlon Mirabdullaev 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Metallurg»ga qarshi 20-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf» himoyachisi Tohir Abdurazzoqov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Nasaf»ga qarshi 20-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» hujumchisi Mirto`ra Akbarov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Nasaf»ga qarshi 20-tur uchrashuvida o`yin qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» himoyachisi Nikita Sviridov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Olmaliq»ga qarshi 20-tur uchrashuvida bosh hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun chetlatilgan «Navbahor» murabbiyi Tohir Madrahimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Birinchi Liga, 2-bosqich
«Andijon»ga qarshi 6-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun chetlatilgan «Zarafshon-PFK» yarim himoyachisi Azizjon Abdullaev 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Istiqlol»ga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Sherdor» yarim himoyachisi Turg`un Qobilov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Paxtakor-2»ga qarshi 10-tur uchrashuvida jamoadoshi sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Registon» hujumchisi Qahramon Bahodirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Kosonsoy»ga qarshi 10-tur uchrashuvida to`p uchun kurash vaqtida raqibi oyog`iga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Orol» himoyachisi Azamat Ilyosov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.