O`zbekiston Oliy Ligasi 21-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Tur o`yinlari 4 oktyabr kuni «Lokomotiv» – «Paxtakor» (0:1) o`yini bilan start olgan edi.
Oliy Liga, 21-tur uchrashuvlari
5 oktyabr, shanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 4:1. 1162 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Norsafarov (Qarshi), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuxurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov (sardor), 6. Anvar G`ofurov, 7. Marko Blajich, 8. Javlon Ibroximov, 11. Oleksandr Pishur, 13. Lutfulla To`raev, 19. Jasur Hasanov (14. Alibobo Rahmatullaev 80), 21. Sardor Rashidov (29. Anvar Berdiev 83), 23. Sahob Jo`raev (33. Oleg Zoteev 68).
Zaxirada qolganlar: 45. Akbar To`raev, 5. Dilshod Jo`raev, 9. Igor Taran, 16. Artyom Filiposyan
«Dinamo»: 27. Andrey Melnichuk (sardor), 4. Oybek Nurboev, 6. Akmal Bozorov (55. Avaz Agaliev 43) 12. San`at shixov, 16. Akmal Xolmurodov, 18. Sirojiddin Sayfiev (17. Abdulla Nabiev 70), 21. Azamat Bobojonov, 40. Ildor Magdeev (26. Komil Sharofutdinov 53), 48. Ildar mamatkazin, 70. Farrux Shotursunov, 72. Alisher Samatov
Zaxirada qolganlar: 1. Igor Mixaylov, 10. To`lqin Mirzaev, 22. Firdavs Abdusalimov, 23. Timur Sharipov
Gollar: L. To`raev (38), J. Hasanov (45+2), A. Pishur (56, penalti, 83) – F. Shotursunov (7).
Ogohlantirishlar: I. Magdeev (32), A. Melnichuk (ikkisi ham - «Dinamo», 38).
Eng yaxshi o`yinchilar: J. Hasanov – A. Bobojonov.
Uchrashuvdan so`ng
Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «O`yinga haqida gapirishdan oldin, ushbu bahsga qaratilgan tayyorgarligimiz ko`tarinki ruhda olib borilganini ta`kidlamoqchiman. Shu boisdan ham o`yin boshlarida hisobni ochishga ham erishdik. Lekin «Dinamo» 2-3ta ketma-ket o`yinlarda barqaror o`ynaydigan darajaga chiqqanimiz yo`q. Gol urib, himoyaga o`tirib oldik. Buni esa «Bunyodkor»ning tajribali futbolchilari kechirishmadi. Himoyada sabr bilan o`ynab, tezkor qarshi hujumga o`tish taktikasini ishlab chiqqandik. Afsuski, o`yinimiz qovushmadi».
Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «O`yin bizning qo`l ostimizda o`tdi. Lekin dastlabki o`n daqiqadagi xotirjamlik oqibatida gol o`tkazib yubordik. Samarqandliklarning o`yin boshlarida gol urgani bizga ijobiy ta`sir ko`tsadi va shogirdlarim o`zlariga kelishdi. Lutfulla To`raev va Sardor Rashidov qulay imkoniyatlarni yo`qqa chiqarishdi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bunaqangi xatolarga yo`l qo`ymasligi va o`yin boshidan to oxirigacha bir tekisda o`yin ko`rsatishi lozim. Yana beshta tur bor. O`ylashimcha, qolgan turlar bundan-da qiziqarli tus oladi. Endi chempionlik uchun uchta emas, to`rtta jamoa kurash olib boradi. Kechagi g`alabadan so`ng «Paxtakor» ham kurashga qo`shildi».
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» (Buxoro) – 3:2. 3257 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), Sh. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: D. Abibullaev (10), D. Stanoevich (31), Z. Polvonov (60) – V. Shodiev (26, 87).
Ogohlantirishlar: G. Kvesieshvili (80), I. Petkovich (90) – Yu. Rijko (23), D. Oniya (67), V. Shodiev (72), A. Nikolaev (72), B. Vahobov (73), A. Mahmudov (90).
Chetlatishlar: S. Shoahmetov (90+1) – A. Mahmudov (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Petkovich – V. Shodiev.
«Guliston» (Guliston) – «Navbahor» (Namangan) – 2:1. 2137 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), Sh. Po`latov (Toshkent).
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Gollar: M. Mamazulunov (10), B. Akbarov (84) – A. Gapparov (42).
Ogohlantirishlar: X. Yo`ldoshev (41), R. Hasanov (64) – Q. Muhammadjonov (37), J. Mehmonov (40), A. Ahmedov (41), R. A`zamov (60).
Eng yaxshi o`yinchilar: B. Akbarov – G`. Jo`raev.
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 2:1. 8109 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Mo`minov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi: R. Ishmurzin (Toshkent).
Gollar: Z. To`raev (9, penalti), N. Alimov (80) – A. Aliqulov (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Rustamov (13), Z. To`raev (28), E. Boymatov (90+4) – O. Karimov (11), Ya. Krushelnitskiy (13), A. Alijonov (26), J. Otaqulov (63), A. Vostrikov (75), I. Otaxonov (90+4).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Xolmatov – A. Aliqulov.
«Nasaf» (Qarshi) – «Neftchi» (Farg`ona) – 2:0. 3521 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov, 14. Laziz Ubaydullaev, 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev (29. Ulug`bek Dadaboev, 11), 23. Sherzod A`zamov, 27. Ilhom Yunusov, 34. Farruh Sayfiev (18. Obid Mamatov, 80), 41. Azamat Allaniyazov (15. Zohid Abdullaev, 83).
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 3. Rahmatilla Berdimurodov, 77. Suhrob Ne`matov.
«Neftchi»: 51. G`ayratjon Hasanov, 3. Shukurali Po`latov, 7. Mansurjon Sidov, 17. Sardor Mirzaev, 20. Dilyorbek Irmatov, 22. Iqboljon Akramov (6. Baxtiyorjon Yoqubov, 60), 23. Sanjar Asqaraliev, 44. Shavkat Nasibullaev, 47. G`ulom O`runov (71. Mirzakamol Kamolov, 76), 52. Vyacheslav Ponomaryov, 99. Zayniddin Tojiev (50. Nosir Otaqo`ziev, 64).
Zaxiradagilar: 42. Hislatjon Chilmatov, 5. Iqbol Bobojonov, 27. G`ayrat Jumaev, 30. Otabek Zokirov.
Gollar: I. Shomurodov (26), I. Yunusov (75).
Ogohlantirishlar: G`. O`runov (34), Sh. Nasibullaev (39), N. Otaqo`ziev (barchasi - «Neftchi», 65).
Chetlatish: N. Otaqo`ziev (ikkinchi ogohlantirish, 71).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Gevorkyan – S. Mirzaev.
Uchrashuvdan so`ng
Amet Memet, «Bunyodkor» murabbiyi: «Nasaf»ni g`alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarga bunga munosib o`yin namoyish etishdi. Albatta, hakamlarga biroz e`tirozim bor. Sababi ayrim vaziyatlarda bizga ortiqa qattiqqo`llik qilishdi. Mag`lub bo`lganimizga qaramay, bu o`yindan tegishli xulosalar chiqaramiz va oldinga qarab initilishda davom etamiz».
Ro`ziqul Berdiev, ««Nasaf» bosh murabbiyi: «Avvalo shogirdlarimga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular bugun ko`rsatmalarimni bexato bajarishga harakat qilishda. Bilasiz chempionatda uch turdan buyon g`alaba qozona olmayotgan edik. Shu bois bu g`alaba biz uchun suv va havodek zarur edi. Bugun ham etakchi futbolchimiz Erkin Boydullaev jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. O`ylaymanki, keyingi o`yinlarda Muhammadiev, To`raev va Jiyamurodov bizga yordam bera olishadi».
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Metallurg» (Bekobod) – 2:1. 2955 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), U. Karimov (Andijon), R. G`opurov (Namangan), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: R. Bayramov (72, 84) – S. Mamadaliev (55).
Ogohlantirish: S. Berdiev («So`g`diyona», 19).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Bayramov – S. Mamadaliev.
Xabar «Nasaf» va «Bunyodkor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.