4 oktyabr kuni Oliy Liga 21-tur o`yinlariga start berildi.
Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda, «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» klublari o`rtasida kechdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning birinchi bo`limi 21-daqiqasida «Paxtakor» yarim himoyachisi Stanislav Andreev tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.
«Lokomotiv ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng, «Paxtakor» o`z ochkolari sonini 41taga etkazib oldi va turnir jadvalida 3-o`rinda borayotgan «Nasaf» bilan oradagi farq endilikda bir ochkoni tashkil etadi. Qarshining «Nasaf» jamoasi 21-tur doirasida 5 oktyabr kuni o`z maydonida Farg`onaning «Neftchi» klubini qabul qiladi.
Turnir jadvalini esa hamon Toshkentning «Bunyodkor» klubi boshqarib turibdi. 5 oktyabr kuni o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladigan «Bunyodkor» hisobida ayni damda 45 ochko mavjud.
Oliy Liga, 21-tur uchrashuvi
4 oktyabr, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent) – 0:1. 6473 tomoshabin
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Tsapenko (Toshkent vil.), Sh. Bozorov (Namangan)
Nazoratchi: R. Serazetinov (Tashkent).
«Lokomotiv»: 12.Temur G`aniev, 3.Evgeniy Gogol, 6.Dilshod Raxmatullaev, 8.Akmal Xolmatov, 11.Aleksandr Shadrin, 19.Islom Inomov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Sherzod Sharipov, 29.Viktor Karpenko, 30.Dilshod Jabborov (16.Jasur Hasanov, 75), 99.Aleksandr Onika (23.Ivan Nagaev, 46).
Zaxirada qolganlar: 31.Artur Parvanov, 4.Bobur Yo`ldoshev, 17.Salim Mustafoev, 24.Ibrohim Raximov, 33.Ikrom Aliboev..
«Paxtakor»: 1.Aleksandr Lobanov, 4.Boyan Miladinovich, 5.Akbar Ismatullaev (20.Anvar Soliev, 65), 7.Kaxi Maxaradze, 15.Jamshid Iskanderov, 19.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (14.Sherzod Karimov, 68), 29.Vladimir Kozak, 34.Oybek Qilichev (26.Dilshod Sharofetdinov, 77).
Zaxirada qolganlar: 1.Nikita Ribkin, 10.Jora Oganesyan, 38.Abbos Maxstaliev, 55.Anvar Rajabov.
Gol: S. Andreev (22).
Ogohlantirishlar: A. Shadrin (35), E. Gogol (74) – D. Xoshimov (39).
Eng yaxshi o`yinchilar: T. G`aniev – J. Iskanderov.
Uchrashuvdan so`ng
Ravshan Muqimov, «Lokomotiv» sport direktori: «O`yin qiziqarli bo`ldi. Ko`plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo gol ura olmadik. Hujumda omadimiz chopmayapti. Chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz. Hali oldinda beshta o`yin bor».
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi: «O`yin shiddatli bo`ldi. Ajoyib stadionda o`ynadik. Asosiy e`tiborni qarshi hujumga qaratdik. Golli vaziyatlar ko`plab bo`ldi, ammo bitta gol bilan chegaralandik. Jamoam ko`zida o`t chaqnamoqda. Biz OChL yo`llanmasi uchun harakat qilamiz».