Oliy Liga, 20-tur: «Bunyodkor», «Lokomotiv» va «Nasaf» ochko yo`qotdi

29.09.2013

Oliy Liga, 20-tur: «Bunyodkor», «Lokomotiv» va «Nasaf» ochko yo`qotdi

Oliy Liga 20-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

29 sentyabr kuni Oliy Liga 20-tur doirasidagi qolgan to`rt o`yin bo`lib o`tdi. Yakshanba kuni o`tkazilgan uchrashuvlarning barchasi kuchli to`rtlikda borayotgan jamoalar ishtirokida bo`lgani uchun ham alohida e`tiborga molik edi. Deyarli barcha uchrashuvlarda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Musobaqa autsayderlaridan biri hisoblangan Samarqandning «Dinamo» jamoasi o`z maydonida chempionlikka da`vogarlardan biri hisoblangan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kurashlarga boy bo`lgan bahs taqdirini uchrashuv asosiy vaqtiga bosh hakam Ravshan Ermatov tomonidan qo`shib berilgan beshinchi daqiqada urilgan yagona gol hal qildi. San`at Shixov tomonidan kiritilgan gol «Lokomotiv»ni mavsumdagi uchinchi mag`lubiyatni tan olishga majbur qildi.

Yana bir qiziqarli bahs Bekobodda bo`lib o`tdi. Musobaqa peshqadamlari – «Bunyodkor» va «Lokomotiv»ni izma-iz ta`qib etib kelayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasi «Metallurg» mehmoni bo`lib, maydon egalarining jiddiy qarshiligiga duch keldi. Birinchi bo`limda maydon egalari Shuhrat Yo`ldoshevning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochishgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Shahzod Nurmatov tomonidan urilgan gol bekobodliklar muvaffaqiyatini mustahkamladi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari esa raqib gollariga faqat bir marta – yosh hujumchi Azamat Allaniyozovning aniq zarbasi bilan javob bera oldi, xolos.

Asosiy raqobatchilarining sezilarli ochko yo`qotishidan musobaqa peshqadami – «Bunyodkor» jiddiy foydalana olmadi. «Buxoro» mehmoni bo`lgan Mirjalol Qosimov shogirdlari o`yin davomida qator imkoniyatlarga ega bo`lganiga qaramay, maydon egalari himoya qo`rg`onini yorib o`ta olmadi.

Turning eng sermahsul o`yiniga «Paxtakor» stadioniga tashrif buyurgan ishqibozlar guvoh bo`lishdi. O`yin davomida 1:3 hisobida ortda qolgan «Paxtakor» ikkinchi bo`limda «So`g`diyona» darvozasiga uchta gol urib, oxir-oqibat 4:3 hisobidagi irodali g`alabani qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Tur o`yinlari 28 sentyabr kuni start olgan edi.

Oliy liga, 20-tur uchrashuvlari
29 sentyabr, yakshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:0. 6706 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
«Dinamo»: Andrey Melnichuk, Oybek Nurboev, Akmal Xolmurodov, Ildar Mamatkazin, Akmal Bozorov, Avaz Agaliev, Komil Sharofutdinov (Alisher Samatov, 90), Azamat Bobojonov, Sirojiddin Sayfiev (Ildar Magdiev, 88), San`at Shixov, Farrux Shotursunov (Abdullo Nabiev, 73).
Zaxirada qolganlar: I.Mixaylov, T.Mirzaev, A.Nabiev, T.Dadaщev, I.Magdiev, A.Samatov, A.Abdullaev.
Lokomotiv»: Temur Faniev, Evgeniy Gogol, Salim Mustafoev, Islom Inomov, Islom To`xtaxo`jaev, Viktor Karpenko (Aleksandr Shadrin, 61), Dilshod Jabborov, Akmal Xolmatov, Aleksandr Onika, Jasur Xasanov, Ivan Nagaev.
Zaxirada qolganlar: A.Parvanov, B.Yo`ldoshev, D.Rahmatullaev, A.Shadrin, S.Usmonxo`jaev, Sh.Sharipov, I.Suyunov.
Gol: S. Shixov (90+4).
Ogohlantirishlar: A. Melnichuk (90+2) – A. Shadrin (83).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Mamatkazin – A. Xolmatov.

Uchrashuvdan so`ng
Ravshan Muqimov, «Lokomotiv» klubi sport direktori:
«Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Bugun jamoamiz vaziyatlardan foydalana bilmagani uchun so`nggi soniyalarda jazolandi. Hozirda har bir jamoa uchun ochkolar juda muhim. Jumladan, «Dinamo» ham ochkolar uchun bor imkoniyatini sarflashini kutgandik. Shiddatli va keskin o`yin bo`ldi va unda omad Samarqand jamoasiga kulib boqdi. Chempionlik uchun kurash hali tugamadi, hammasi endi boshlanadi».

Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Avvalambor, minglab muxlislarimizga, bizga ishonib stadionga kelganliklari va bizni qo`llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Falabaga ularning hissasi katta bo`ldi. So`nggi soniyalargacha 12-o`yinchimiz bo`lishdi va biz g`alabaga erishdik. Buxorodagi g`alabadan keyin yigitlarning o`zlariga bo`lgan ishonchlari yanada ortdi va buni amalda bugun ko`rdik. Oldimizda qiyin o`yinlar turibdi. Ushbu bahslarga ham yigitlar muxlislarimiz ishonchini oqlashlariga umid qilaman».

«Paxtakor» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 4:3. 1021 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), M. Majidov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
«Paxtakor»: Jo`raev, Miladinovich, Ismatullaev (Maxstaliev, 78), Andreev, Hoshimov, Sharofitdinov, Oganesyan (Rajabov, 59), Sergeev, Karimov (Soliev, 53), Kozak, Iskanderov.
«So`g`diyona»: Melenchuk, No``monov (Begimqulov, 80), Oripov, Hamroev (Qosimov, 85), Toshmatov, Qurbonov (Komilov, 67), Narziqulov, Mamajonov, Hayitov, Murodov, Berdiev.
Gollar: Sh. Karimov (35), I. Sergeev (65, 77), A. Soliev (79) – A. No``monov (6), S. Hamroev (42), I. Qurbonov (56).
Ogohlantirishlar: A. No``monov (32), A. Melenchuk (79), A. Begimqulov (barchasi - «So`g`diyona», 89).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Sergeev – A. No``monov.

Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, «Paxtakor» bosh murabbiyi:
«Bugungi o`yinga har qancha tayyorgarlik ko`rganimiz bilan uni yaxshi boshlay olmadik. Raqib bizni birinchi va ikkinchi gollari tufayli «shok»ka tushirdi. Tanaffus paytida futbolchilarga tegishli ko`rsatmalar berildi. O`zlarida ham g`urur uyg`onib ketib, hisob 1:3ga etgach, bor kuchlari bilan o`ynashdi. «So`g`diyona» esa aqlli o`yin namoyish etdi. Agar jizzaxliklar 3-goldan keyingi imkoniyatdan ham foydalana olishganida barchasi boshqacha tugashi mumkin edi. Bunaqa o`yindan yana ikkitasi bo`lsa, asablarimiz qanday bardosh berar ekan?!».

Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yin ko`pchilikka yoqdi va gollarga boy bo`ldi. Biz uchun eng yomoni g`alabaga yaqin turib, muhim ochkoni qo`ldan boy berdik. Bugun chempionga qarshi eng yaxshi o`yinlarimizdan birini namoyish qilib, mag`lubiyatga uchrash alam qildi. «Paxtakor»ni qarshi hujumlarda poyladik. 3:1 hisobida oldinda borayotgan vaqtda yaxshi imkoniyatni qo`ldan boy berdik. Agar o`shanda hisob o`zgarganida g`alaba qozonishimiz aniq bo`lardi. «Paxtakor»ni zaxirasi biznikiga nisbatan yaxshi va ularni futbolchilarida tajriba katta. Bizda esa bu kamchilik».

«Metallurg» (Bekobod) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:1. 3162 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoi), F. Hasanov (Namangan), R. Shoyahmetov (Toshkent), Sh. Po`latov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: Sh. Yo`ldoshev (31, penalti), Sh. Nurmatov (58) – A. Allaniyozov (66).
Ogohlantirishlar: Sh. Norbekov (76) – A. Allaniyozov (61), H. Karimov (74).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Nurmatov – A. Gevorkyan.

«Buxoro» (Buxoro) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:0. 10150 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), I. Ibrohimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: A. Shorahmedov (63), A. Filiposyan (69), A. Pishur (barchasi - «Bunyodkor», 90).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shodiev – M. Zuhurov.

Xabar «Dinamo» FK va «Paxtakor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib