«Sho`rtan» sakkiz turlik g`alabasiz seriyaga barham berdi

29.09.2013

«Sho`rtan» sakkiz turlik g`alabasiz seriyaga barham berdi

O`zbekiston Oliy Ligasida 28 sentyabr, shanba kuni 20-tur uchrashuvlari start oldi.

Turning dastlabki kuni uchta o`yin o`tkazildi. Jumladan, «Neftchi» o`z maydonida musobaqa autsayderi «Qizilqum»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, «Navbahor» o`z maydonida «Olmaliq»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, 28 sentyabr kuni G`uzorda «Sho`rtan» va «Guliston» o`rtasida ham o`yin bo`lib o`tdi. Musobaqa autsayderlari o`rtasidagi o`yinda maydon egalari yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozondi – Pavel Solomin dublga erishgan bo`lsa, yana bitta gol Sanjar To`raqulov hisobiga yozildi.

Ushbu g`alaba «Sho`rtan»ning so`nggi uch o`yinda qo`lga kiritgan beshinchi ochkosi bo`lgani holda, jamoaning sakkiz turdan beri davom etayotgan g`alabasiz seriyasiga ham barham berdi. G`uzor klubi oxirgi marta 11-turda, safarda «Navbahor» ustidan g`alabaga erishgan edi.

Tur doirasidagi qolgan to`rtta o`yin 29 sentyabr, yakshanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 20-tur uchrashuvlari
28 sentyabr, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 2:0. 4035 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: Z. Tojiev (32), M. Saidov (58).
Ogohlantirishlar: D. Ermatov (5), G`. O`runov (11), V. Ponamaryov (33), O. Isroilov (83) – A. Rustamov (5), N. Alimov (9), E. Jabborov (11).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – Akm. Xoliqov.

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Guliston» (Guliston) – 3:0. 2488 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Qosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Meshkov (Samarqand)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: P. Solomin (29, 35), S. To`raqulov (90+3).
Ogohlantirishlar: Z. Raupov (36), S. Rekun (57), S. Jo`raev (barchasi - «Guliston», 65).
Eng yaxshi o`yinchilar: P. Solomin – D. Usmonov.

«Navbahor» (Namangan) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:3. 772 tomoshabin.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: S. Hamidov (5) – O. Jo`raboev (23), S. Shoahmetov (32, 35).
Ogohlantirishlar: J. Mehmonov (35), R. A`zamov (80), R. Ahmedov (88) – I. Petkovich (60), O. Jo`raboev (86), S. Shoahmetov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: T. Yafarov – S. Shoahmetov.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib