28 sentyabr kuni Farg`onaning «Neftchi» jamoasi Qirgulidagi stadionida Zarafshonning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kurashlarga boy tarzda o`tgan bahs 2:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvda hisob 30-daqiqada «Neftchi» hujumchisi Zayniddin Tojiev tomonidan ochildi. Ikkinchi bo`limning 9-daqiqasida esa «Neftchi» sardori Mansur Saidov hisobdagi farqni oshirdi. 2:0 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmay qoldi.
Bu «Neftchi»ning o`z maydonida erishgan ketma-ket beshinchi g`alabasi bo`ldi. Musobaqa yaqqol autsayderi bo`lib turgan «Qizilqum» esa o`tgan turdagi «Metallurg» ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng yana mag`lubiyatni tan olishga majbur bo`ldi.
Oliy Liga, 20-tur uchrashuvi
28 sentyabr, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Zarafshon) 2:0 (1:0).
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), I. Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
«Neftchi»: 51.G`ayrat Hasanov, 3.Shukurali Po`latov, 7.Mansur Saidov (49.Pavel Smolyachenko 71), 17.Sardor Mirzaev, 20.Dilyorbek Ermatov, 22.Iqbol Akramov (6. Baxtiyor Yoqubov 56), 23.Sanjar Asqaraliev, 44.Shavkat Nasibullaev, 47.G`ulom O`runov, 52.Vyacheslav Ponomaryov, 99.Zayniddin Tojiev (11.Otabek Isroilov).
Zaxirada qolganlar: 42.Hislat Chilmatov, 27. G`ayrat Jumaev, 50.Nosir Otaqo`ziev, 71.Mirzakamol Kamolov.
«Qizilqum»: 1.Erkin Jabborov, 6.Farrux Haydarov (53.Xurshid Yuldashev 71), 11.Navro`z Alimov (44.Alisher Xoliqov63), 14.Fayzullo Qambarov, 23.Sarvar Xolmatov, 43.Akmal Xoliqov, 47.Jamshid Shoxnazarov, 50.Eldor Boymatov, 58.Akmal Rustamov, 77.Azizbek Usmonov, 90.Zafar To`raev (87.Rustam Sanaev 48).
Zaxirada qolganlar: 55.Artyom Makosin, 48.Sherzod Fayzullaev, 52.Jalil Kimsanov, 57.Isroil Ergashev.
Gol: Z. Tojiev (30), M. Saidov (55).
Uchrashuvdan so`ng
«Neftchi» matbuot xizmati xabariga ko`ra, Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Lukin o`yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishni istamagan. «Neftchi» jamoasidan esa klub maslahatchi murabbiyi Amet Memet matbuot anjumanida qatnashgan.
Amet Memet, «Neftchi» maslahatchi murabbiyi: «Bugungi o`yin murakkab kechishini bilgandik. Odatda autsayderlar bilan o`ynash oson bo`lmaydi. Ular har bir qarich er uchun kurash olib borishadi. Lekin bugungi natija va shogirdlarim ko`rsatgan o`yindan ko`nglim to`ldi. O`ylaymanki, «Neftchi» o`zining optimal formasiga kira oldi. So`nggi paytda natija yaxshilanib boryapti. Ammo bugun futbol muxlislari yirikroq hisobda yutishimizni xohlashdi. Lekin har doim ham bizning istagimiz ijobat bo`lavermaydi. Eng asosiysi g`alaba va uch ochko. Bugun zaxiradan kamroq o`yin amaliyotiga ega bo`lgan futbolchilarini tushirdim».
Xabar «Neftchi» matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.