28 sentyabr kuni Oliy Liga 20-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni Namanganning «Navbahor» jamoasi «Olmaliq»ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 3:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo`ldi. Uchrashuvda hisob 5-daqiqadayoq «Navbahor» vakili Sobir Hamidov tomonidan ochilganiga qaramay, maydon egalari taym o`rtalarida, qandaydir o`n daqiqa ichida uchta to`p o`tkazib yuborishdi.
Dastlab, 25-daqiqada Obid Jo`raboev hisobni tenglashtirdi. 32- va 35-daqiqalarda esa Sanjar Shoahmedov dublni rasmiylashtirib, «Olmaliq»ning safardan ishonchli g`alaba bilan qaytishiga katta hissa qo`shdi. 3:1 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmadi.
«Navbahor» FK matbuot xizmati xabariga ko`ra, OAV tomonidan qiziqish bo`lmagani sabab, «Navbahor» – «Olmaliq» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani o`tkazilmagan.
Ushbu g`alabadan so`ng «Olmaliq» musobaqa jadvalida, kamida bir kunga, beshinchi o`ringa ko`tarilib oldi. Jamoa hisobida hozirda 30 ochko bor. Igor Shkvirin jamoasini beshinchi o`rindan tushirishi mumkin bo`lgan va hisobida 28 ochkodan bo`lgan «Metallurg» va «Buxoro» jamoalari o`z uchrashuvlarini 29 sentyabr kuni, mos ravishda, «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalariga qarshi o`tkazishadi.
«Navbahor» 13-turdan beri o`z maydonida g`alaba qozona olmayapti. Mustafo Bayramov shogirdlari o`shanda Bekobodning «Metallurg» jamoasini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishgan edi. Shundan keyin jamoa o`z maydonida «Neftchi» (1:1), «Dinamo» (1:1), «Buxoro» (2:3)ga qarshi o`yinlar o`tkazib, birortasida g`alaba qozona olmadi. Jamoa, shuningdek, 18-turdan beri raqiblardan ochko ola bilmayapti.
Oliy Liga, 20-tur uchrashuvi
«Navbahor» (Namangan) – «Olmaliq» (Olmaliq) 1:3 (1:3). 772 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
«Navbahor»: 1. Viktor Mochalov, 6. Leonid Koshelev (45. Aleksandr Lupashko, 15; 23. Abdumalik Abdullaev, 77), 10. Akram Bahriddinov (44. Oyatullo Muhiddinov, 81), 13. Temur Sultonov, 20. G`ayrat Jo`raev, 22. Ro`zimboy Ahmedov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 30. Sobir Hamidov, 31. Rustam A`zamov, 32. Jahongir Mehmonov, 47. Temur Yafarov.
Zaxirada qolganlar: Pavel Leus, 3. Botir To`raboev, 19. Durbek Umaraliev, 99. Ayubxon Gapparov.
«Olmaliq»: 1. Maqsadmurod Shomurodov, 3. Azamat Isroilov (15. Bahrom Yo`ldoshev, 66), 7. Doston Abdurahmonov, 9. Zafar Polvonov (21. Shahboz Erkinov, 90+2), 13. Igor Petkovich, 20. Darko Stanoevich, 22. Sanjar Shoahmedov, 23. Sherali Jo`raev, 24. Diyor Turopov (88. Dilyaver Abibullaev, 55), 50. Georgi Kvesieshvili, 55. Obid Jo`raboev.
Zaxirada qolganlar: 16. Umid Xonimqulov, 12. Sharif Mirzaev, 17. Ma`mur Abdullaev, 26. Elyor Mamasoliev.
Gollar: S. Hamidov (5) – O. Jo`raboev (25), S. Shoahmedov (32, 35).
Ogohlantirishlar: R. A`zamov (79), R. Ahmedov (86) - I. Petkovich (60), O. Jo`raboev (84), S. Shoahmedov (90+3).