O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 20-tur uchrashuvlari start oldi.
Turning dastlabki tur uchrashuvlari gollarga boy bo`ldi. Xususan, «Neftchi» – «Qizilqum» uchrashuvida tomoshabinlar jami ettita gol guvohiga aylanishgan bo`lsa, mehmonlar g`alabasi bilan yakuniga etgan «Navbahor» – «Olmaliq» uchrashuvida oltita gol kiritildi. Shuningdek, «Sho`rtan» – «Guliston» uchrashuvida maydon egalari birinchi bo`limda kiritilgan javobsiz ikki gol evaziga g`alaba qozonishdi.
Turning qolgan to`rtta o`yini 28 sentyabr, shanba kuni o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 20-tur uchrashuvlari
27 sentyabr, juma
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 4:3. 158 tomoshabin.
Hakamlar: I. Xudoydotov (Toshkent), S. Rahmonov, Sh. Matisaev, Sh. A`zamov.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: D. Tursunzoda (14), O. Zokirov (19), U. Qodirov (43), Sh. Hakimov (88) – N. Olimov (33), M. Tillaev (67, penalti), B. Qosimov (90).
Ogohlantirishlar: I. Boboxonov (24), O. Isroilov (41), D. Tursunov (barchasi - «Neftchi», 67).
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Guliston» (Guliston) – 2:0. 462 tomoshabin.
Hakamlar: N. Meshkov (Samarqand), A. Kalinin, S. Sattorov, I. Botirov
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: F. To`ychiev (1), A. Arslonov (43).
Ogohlantirishlar: B. Xo`jayorov (26), Yu. Bo`riev (53), B. To`raev (67), F. To`ychiev (88) – X. Muxtorov (25), D. Shukurov (41), M. Jumaboev (51), Z. Qoraqulov (68).
«Navbahor» (Namangan) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 2:4. 411 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), R. G`opurov, E. Tursunov, F. Hasanov.
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: A. Jo`raev (42), A. Abdullaev (63) – N. Davlatov (9), I. Mustafoev (10), B. Yo`ldoshev (66, penalti), Sh. Mirzaev (76).
Ogohlantirishlar: K. Qo`chqorov (12), A. Jo`raev (30), M. Rahmonov (50), S. Toshpo`latov (65), R. O`rinov (78) – Sh. Sadirdinov (44), B. Yo`ldoshev (70).
Chetlatish: S. Toshpulatov (ikkinchi ogohlantirish, 86).