Ro`ziqul Berdiev: «Bor e`tiborimizni Oliy Liga o`yinlariga qaratamiz»

25.09.2013

Ro`ziqul Berdiev: «Bor e`tiborimizni Oliy Liga o`yinlariga qaratamiz»

Kubok finalida muvaffaqiyatsizlikka uchragan «Nasaf» endi bor e`tiborini Oliy Ligadagi imkoniyatlardan foydalanishga qaratadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi finalidan so`ng aytib o`tdi.

25 sentyabr, chorshanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida Qarshining «Nasaf» va Toshkentning «Bunyodkor» jamoalari o`rtasida 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Qiziqarli kechgan bahs 2:1 hisobida «Bunyodkor» g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Nasaf» ketma-ket uchinchi, o`z tarixidagi to`rtinchi finalda imkoniyatni boy berdi.

«Tengkurashlar ostida kechgan, qiziqarli o`yin guvohiga aylandik. Tajribali, mahoratli hujumchiga ega bo`lgan jamoa oxir-oqibat g`alaba qozondi. Bugungi o`yinda tajriba o`z so`zini aytdi. «Nasaf» futbolchilari ham imkoniyat darajasida o`ynashdi, qator qulay vaziyatlarga ega bo`ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. «Bunyodkor»ni g`alaba bilan tabriklayman», - dedi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev.

«Oliy Liga va O`zbekiston Kubogi doirasidagi so`nggi uchta o`yinni Toshkentning eng kuchli jamoalariga qarshi o`tkazdik. Shubhasiz, ular orasida eng qiyini – Kubok finalidagi «Bunyodkor»ga qarshi bugungi bahs bo`ldi. Biz unga katta e`tibor qaratgandik, jiddiy tayyorgarlik ko`rgandik. «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor»ga qarshi kechgan so`nggi uchta o`yinda tarkibimizda qator yo`qotishlar bor edi, biroq men buni muvaffaqiyatsizliklarga sabab qilib ko`rsatmoqchi emasman», - dedi «Nasaf» ustozi.

«Oldinda Oliy Liganing bir qator o`yinlari bor, o`z navbatida, bizda ham chempionlik uchun ma`lum darajada imkoniyat bor. «Bunyodkor»ga qarshi Qarshidagi o`yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. O`sha o`yingacha bir qator jarohatlangan futbolchilarimiz ham tarkibga qaytishadi. Endi bor e`tiborimizni milliy chempionat o`yinlarig qaratib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz», - deya qo`shimcha qildi Ro`ziqul Berdiev.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib