Qarshining «Nasaf» va Toshkentning «Bunyodkor» klublari o`rtasidagi 2013 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi chiptalari 23 sentyabr kuni sotuvga chiqarildi.
«Paxtakor» stadionida o`tadigan final o`yinining 1-toifaga oid chiptalari 10 ming so`mdan, SIP toifasidagi chiptalari esa 15 ming so`mdan sotilmoqda.
Eslatib o`tamiz, qur`aga ko`ra, «Nasaf» nominal mezbon bo`lgan final uchrashuvi 25 sentyabr kuni 18:00da boshlanadi. Final uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuv oldidan tashkil etiladigan, har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanlari 24 sentyabr, seshanba kuni 12:00da boshlanadi.