O`zbekiston Kubogi-2013: Finaldan oldingi matbuot anjumani 24 sentyabr kuni bo`lib o`tadi

23.09.2013

O`zbekiston Kubogi-2013: Finaldan oldingi matbuot anjumani 24 sentyabr kuni bo`lib o`tadi

«Bunyodkor» hamda «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi - 2013 final uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani 24 sentyabr, seshanba kuni O`FF matbuot anjumani zalida soat 12:00da boshlanadi.

25 sentyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O`zbekiston Kubogi - 2013 yilgi mavsum final uchrashuvi bo`lib o`tadi. Bu mavsum final bahsida huddi o`tgan mavsumdagi kabi Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning «Bunyodkor» klublari o`zaro kuch sinashadilar.

Ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi o`yinoldi matbuot anjumani 24 sentyabr, seshanba kuni O`FF matbuot anjumani zalida o`tkaziladi. Soat 12:00da boshlanadigan matbuot anjumanida dastlab Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov OAV hodimlarining savollariga javob bersa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, tashlangan qur`aga ko`ra Qarshining «Nasaf» klubi O`zbekiston Kubogi finalining rasmiy mezboni sifatida qayd etilgan bo`lsa, «Bunyodkor» jamoasi mehmon jamoa sifatida qatnashadi. O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi 25 sentyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 18:00ga belgilangan.


 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib