Oliy Liga 19-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
21 sentyabr kuni Oliy Liga 19-tur bahslari doirasida so`nggi to`rtta o`yin o`tkazildi. E`tiborli tomoni, musobaqa autsayderlaridan biri – «Qizilqum» mavsumdagi to`rtinchi g`alabasini qo`lga kiritib, musobaqa jadvalida ochkolari soni bo`yicha «Sho`rtan»ga etib oldi. Zarafshonlik futbolchilar o`z maydonida «Metallurg»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Sho`rtan» Olmaliqdan 0:0 hisobida durang bilan qaytishga muvaffaq bo`ldi.
Ikki ko`hna shahar – Buxoro va Samarqand jamoalari o`rtasidagi bahsda omad Ravshan Haydarov shogirdlariga kulib boqdi. Ildar Mamatkazin va Farrx Shotursunov tomonidan «Buxoro» darvozasiga urilgan ikki javobsiz gol samarqandlik ishqibozlarni xursand qilgani tayin – ushbu g`alabadan so`ng «Dinamo» musobaqa jadvalida «Navbahor»ni to`plar nisbati bo`yicha ortda qoldirib, 9-o`ringa ko`tarilib oldi.
O`yinlarga maslahatchi murabbiy Amet Memet qo`l ostida tayyorgarlik ko`rayotgan Farg`onaning «Neftchi» klubi futbolchilari Gulistonda mahalliy jamoani yirik – 3:0 hisobida mag`lub etishga muvaffaq bo`lishdi. E`tiborli tomoni, vodiy klubi so`nggi ikki o`yinda raqiblari darvozasiga jami ettita gol urishga muvaffaq bo`ldi – farg`onaliklar bungacha o`tkazilgan 17 o`yinda 18ta gol urishga muvaffaq bo`lishgan edi, xolos.
Turning dastlabki uchta o`yini 20 sentyabr kuni o`tkazilgan edi.
Oliy Liga, 19-tur uchrashuvlari
21 sentyabr, shanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Dinamo» (Samarkand) – 0:2. 7237 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), V. Agishev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin
Gollar: I. Mamatkazin (31), F. Shotursunov (39)
Ogohlantirishlar: A. Nikolaev (90+4) – K. Sharofutdinov (42).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Sanaev – A. Melnichuk.
***
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 0:0. 1234 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Komissar: A. Xudoydotov.
«Olmaliq»: 1. Maqsatmurod Shomurodov, 3. Azamat Isroilov, 7. Doston Abdurahmonov, 9. Zafar Polvonov, 13. Igor Petkovich (12. Sharif Mirzaev, 82), 20. Darko Stanoevich, 22. Sanjar Shoahmedov, 23. Sherali Jo`raev (11. Zohir Pirimov, 63), 50. Georgiy Kvesieshvili, 55. Obid Jo`raboev, 88. Dilyaver Abibullaev (24. Diyorjon Turopov, 60).
Zaxirada qolganlar: 16. Umidjon Xonimqulov, 15. Bahrom Yo`ldoshev, 17. Ma`murjon Abdullaev, 43. Azizjon Qurbonov.
«Sho`rtan»: 70. Eldor Tojiboev, 2. Yaroslav Krushelnitskiy, 4. Jamol Otaqulov, 5. Asror Aliqulov, 10. Pavel Solomin (23. Shahzodbek Xursanov, 90+4), 19. Ibrohim Otaxonov (6. Abbos Omonov, 46), 20. Aleksandr Vostrikov, 22. Olimjon Karimov, 24. Botir Qodirqulov (12. Yusuf Bo`riev, 65), 38. Aziz Alijonov, Aziz G`ulomxo`jaev.
Zaxirada qolganlar: 30. Aleksandr Korneychuk, 16. Elyor Intizomov, 34. Abduvali Mo`minov, 39. Sanjar To`raqulov.
Ogohlantirishlar: D. Turopov (88) – O. Karimov (65).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Abibullaev – A. Vostrikov.
Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yinning hech bir jihati qoniqtirmadi. Yaratilgan qulay vaziyatlardan gol ura olmasdan turib g`alaba qozonish mumkinmi? Bunaqa o`yinlarda raqibning birgina aniq zarbasi sabab mag`lubiyatga uchrash ham hech gap emas. Darvozabon bilan birga bir vaziyatda gol ura olmagandan keyin, boshqa holatlarni gapirishdan ne hojat. Bundan tashqari zaxira o`rindig`imizdagi holat ham maqtagulik darajada emas. Jarohatlar ketma-ketligi tarkib tanlashda muammo keltirib chiqarmoqda. Keyingi o`yinlarda optimal tarkibda ishtirok etishdan umidvormiz».
Zoir To`raqulov, «Sho`rtan» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yin natijasidan hozirgi tarkibimizdan kelib chiqqan holda to`liq qoniqish hosil qildim. «Olmaliq» jamoasi har tomonlama shakllangan va tezkor futbolchilarga ega. Markaziy yarim himoya, qanotlar va hujum chizig`ida tezkor futbolchilar jamlanishgan. Bizda ham shu kabi futbolchilar bo`lganida o`yinni boshqacha olib borardik. Jamoa egallab turgan o`rindan kelib chiqqan holda har bir ochko biz uchun o`ta muhim. Mezbonlarga qarshi ochiq futbol namoyish etishga yuqorida aytib o`tganimdek bizning futbolchilar tayyor emasdi. Shu sababli asosan himoyalanib, vaqti-vaqti bilan qarshi hujumda o`ynashga majbur bo`ldik».
***
«Guliston» (Guliston) – «Neftchi» (Farg`ona) – 0:3. 3352 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Komissar: V. Letkin.
Gollar: Sh. Nasibullaev (28), N. Otaqo`ziev (78, 90+3).
Ogohlantirishlar: S. Jo`raev (63), E. Jahonov (77), S. Rekun (79) – D. Ermatov (75).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Shog`ulomov – N. Otaqo`ziev.
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:0. 6421 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), R. Toshmuhamedov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Komissar: R. Chernikov.
Gol: Alisher Xoliqov (61).
Ogohlantirishlar: Z. To`raev (88), A. Muhitdinov (88) – N. Esonov (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Jabborov – H. Hoshimov.