Oliy Liga 19-turning markaziy uchrashuvi – «Nasaf» – «Paxtakor» bahsida g`olib aniqlanmadi. O`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.
O`yin tanaffusi vaqtida «Nasaf»dan Maqsud Karimov, «Paxtakor»dan esa Temurxo`ja Abduxoliqov va Murod Xolmuhamedov maydondan chetlatildi, bundan tashqari, aynan tanaffus vaqtida «Nasaf» darvozaboni Eldor Suyunov va «Paxtakor» yarim himoyachisi Oybek Qilichev ogohlantirildi.
«Nasaf»ning musobaqa jadvalidagi raqobatchilari 19-turda o`z raqiblarini yirik hisoblarda mag`lubiyata uchratishdi: «Lokomotiv» safarda «So`g`diyona»ni 4:1 hisobida taslim etgan bo`lsa, «Bunyodkor» Toshkentda «Navbahor»ni 5:0 hisobida mag`lub etdi. Ushbu turdagi g`alabalardan so`ng poytaxt jamoalari Qarshi klubini uch ochkoga ortda qoldirishmoqda.
Qayd etish joiz, ushbu turda «temiryo`lchilar» yarim himoyachisi Akmal Xolmatov xet-trikka erishgan bo`lsa, «Bunyodkor» yarim himoyachisi Igor Taran dublni rasmiylashtirdi.
Oliy Liga, 19-tur uchrashuvlari
20 sentyabr, juma
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 5:0. 201 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), U. Karimov (Andijon), O. Tuychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Komissar: F. Magametov.
«Bunyodkor»: 25. Murodjon Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov (23.Sahob Jo`raev 72), 6. Anvar G`ofurov, 7. Marko Blajich (9.Igor Taran 54), 8. Javlon Ibrohimov, 13. Lutfulla To`raev (5.Dilshod Jo`raev 64), 16. Artyom Filiposyan, 21. Sardor Rashidov, 29. Anvar Berdiev, 33. Oleg Zoteev.
Zaxirada qolganlar: 45. Akbar To`raev, 11. Aleksandr Pishur, 14. Alibobo Rahmatullaev, 19. Jasur Hasanov.
«Navbahor»: 12. Islom Jo`raev, 3. Botir To`raboev, 8. Azim Ahmedov (10.Akrom Bahritdinov 63), 13. Temur Sultonov, 20. G`ayrat Jo`raev, 21. A`zam Aliev, 22. Ro`zim Ahmedov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 32. Jahongir Mehmonov
44. Oyatullo Muhitdinov (23.Abdumalik Abdullaev 69), 45. Aleksandr Lupashko (99.Ayubxon Gapparov 88).
Zaxirada qolganlar: 1. Viktor Mochalov, 6. Leonid Koshelev, 19. Durbek Umaraliev, 31. Rustam Azimov.
Gollar: S. Rashidov (2), A. Berdiev (15), A. G`ofurov (63), I. Taran (74, 89).
Ogohlantirishlar: L. To`raev (18) – A. Ahmedov (33), T. Sultonov (49).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Taran – G`. Jo`raev.
Uchrashuvdan so`ng
Mustafo Bayramov, «Navbahor» bosh murabbiyi: «Yoshlarga e`tibor qaratyapmiz. Agar mahoratli o`yinchilarga ishonaversak moliyaviy tomondan ko`p narsa yo`qotamiz. Shuning uchun ham mahalliy yosh futbolchilarga imkoniyat berib, ularni tarbiyalayapmiz. Bugun yutqazdik, ertaga yana qiynalarmiz, biroq keyin g`alabali kunlar albatta keladi».
Mirjalol Qosimov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi: «Qiziqarli o`yin bo`ldi. Juda ko`p gol urishimiz mumkin edi. Lekin beshtada to`xtadik. Tarkibda amalga oshirgan o`zgarishlarimiz o`z samarasini berdi. Ba`zi etakchilarga final oldidan dam berishga qaror qildim. Sardor Rashidovni zo`r o`ynadi deyolmayman. U bir tekisda o`ynashga moslashishi kerak».
***
«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:1. 9021 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. G`opurov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Komissar: B. Haydarov.
“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov. 5. Botir Qoraev, 14. Laziz Ubaydullaev, 15. Zokir Abdullaev, 17. Artur Gevorkyan, 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov (29. Ulug`bek Dadaboev, 90), 32. Hamza Karimov, 34. Farrux Sayfiev (88. Samandar Shodmonov, 75), 41. Azamat Allaniyozov (3. Rahmatullo Berdimurodov, 46).
Zaxirada qolganlar: 1. Mixail Naumov, 23. Sherzod A`zamov, , 42. Najmiddin Normurodov, 77. Suhrob Ne`matov.
“Paxtakor”: 12. Aleksandr Lobanov, 4. Boyan Miladinovich, 5. Akbar Ismatullaev, 7. Kaxi Maxaradze, 9. Temurxo`ja Abduholiqov, 15. Jamshid Iskandarov, 19. Igor Sergeev (26. Dilshod Sharofutdinov, 29), 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Davron Hoshimov, 29. Vladimir Kozak, 34. Oybek Qilichev (55. Anvar Rajabov, 65).
Zaxirada qolganlar: 1. Nikita Ribkin, 6. Murod Holmuhammedov, 10. Jora Oganesyan, 28. Stanislav Andreev, 38. Abbos Maxstaliev.
Gollar: M. Karimov (18) – D. Sharofutdinov (71).
Ogohlantirishlar: E. Suyunov (tanaffusda), L. Ubaydullaev (70) - D. Hoshimov (16), O. Qilichev (tanaffusda), K. Maxaradze (51).
Chetlatish: M. Karimov (tanaffusda) – T. Abduxoliqov (tanaffusda), M. Xolmuhammedov (tanaffusda).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Suyunov – A. Lobanov.
Uchrashuvdan so`ng
Murod Ismoilov, “Paxtakor” bosh murabbiyi: “Biz bugun har ikkala jamoa ishtirokida shiddatli va murosasiz bahsga guvoh bo`ldik. Muxlislar ikki bo`limda ikki xil futbol guvohi bo`lishdi. Birinchi bo`limda maydon egalari o`z ustunliklarini namoyish etgan bo`lishsa, ikkinchi bo`limda tarkibda bir qator o`zagrishlarni amalga oshirdik va bu o`z samarasini berdi. Qo`pollik? Yo`q hech qaysi murabbiy shogirdlariga ataylab qo`pollik ishlatgin, deb ko`rsatma bermasa kerak. Bugungi o`yinni ahamiyati har ikkala jamoa uchun muhim edi. Shu bois har bir qarich er uchun shiddatli kurash kechdi va tabiiyki bunday vaziyatlarda qo`polliklar bo`lishi aniq. Sovrinli o`rinlar uchun kurashda davom etamiz, garchi bu borada imkoniyatlarimiz judayam past bo`lsa-da...”
Ro`ziqul Berdiev, “Nasaf” bosh murabbiyi: “Oldimizda jiddiy o`yinlar turibdi. Bugun shundan o`yinlardan birini o`tkazdik. Natijadan qoniqdim, deya olaman. Sababi bugungi kunga kelib tarkibimizda bir qator jiddiy yo`qotishlar bor edi. Yosh futbolchilarga imkon berishga majbur edim. Shunga qaramay yigitlar imkon boricha harakat qilishdi. Albatta, etakchi o`yinchilarning o`rni bugun juda bilindi. Ular bo`lganida ehtimol g`alaba ham qozonishmiz mumkin edi. Endi oldimizda o`ta muhim o`yini – O`zbekiston kubogi finalining “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvi turibdi. Muxlislarimiz bizni qo`llab-quvvatlashda davom etishsa, o`ylaymanki, biz ham ularni xursand etamiz”.
***
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:4. 2852 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Komissar: V. Shtern.
Gollar: I. Qurbonov (3) – A. Xolmatov (12, 30, 42), V. Karpenko (20, penalti).
Ogohlantirishlar: S. Hamroev (20), A. No``monov (50) - A. Shadrin (10), I. To`xtaxo`jaev (68).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Qurbonov - A. Xolmatov.